Jahon bozorida bug‘doy narxlari barqarorlashmoqda
17.08.2025 | 16:1532943
So‘nggi besh yilda bug‘doy bozori pandemiya, urush va iqlim o‘zgarishlari ta’sirida keskin o‘zgarishlarga guvoh bo‘ldi. Xalqaro ekspertlar esa kelgusi mavsumda nisbatan barqarorlikni kutmoqda.

2020 yil aprel oyida bug‘doy narxi tonnasi 179,7 dollar atrofida bo‘lgan. 2022 yil aprelida esa pandemiya sababli talab o‘sishi, logistika zanjirlarida uzilishlar va Rossiya–Ukraina urushi keskinlashuvi natijasida 406 dollargacha ko‘tarildi. Bu ko‘rsatkich so‘nggi yillardagi eng yuqori .
Shundan so‘ng AQSH va Hindiston kabi yirik eksportchilarning bozorgakirishi narxlar bosqichma-bosqich pasayishiga olib keldi. 2025 yil aprel oyiga kelib tonnasi 174,8 dollarga tushdi, bu esa oxirgi besh yildagi eng past ko‘rsatkich sifatida qayd etildi.
Xalqaro don kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025–2026 yillarda jahonda bug‘doy ishlab chiqarish hajmi 806,4 mln tonnaga yetishi kutilmoqda. Bu ko‘rsatkich o‘tgan mavsumga nisbatan 1 foizga ko‘p bo‘lib, asosan Yevropa Ittifoqi mamlakatlari hosildorligining oshishi hisobiga ta’minlanishi kutilmoqda.
Biroq xavflar ham mavjud. Ukraina Qishloq xo‘jaligi vazirligi hosil 10 foizga qisqarishi mumkinligini bildirdi. Shuningdek, Rossiyada iqlim o‘zgarishi yoki eksport siyosati keskin o‘zgarsa, bozorda yangi shoklar yuzaga kelishi ehtimoli bor.
Shu bois ekspertlar 2025–2026 yillarda narxlar umumiy barqarorlikda saqlanishi mumkinligini ta’kidlamoqda. Biroq geosiyosiy va iqlimiy omillar xavf manbai bo‘lib qolmoqda.