add

Jahondagi barcha bitkoinlar qiymati Google’dan qimmatroq aktivga aylandi

20.05.2025 | 14:3312212

2025 yil may oyi holatiga ko‘ra, bitkoin dunyoning eng qimmat aktivlari ro‘yxatida Google aksiyalarini ortda qoldirdi. Kriptovalyutaning umumiy bozor qiymati 2 trln dollarga yetdi — bu tarixiy cho‘qqi hisoblanadi.

Jahondagi barcha bitkoinlar qiymati Google’dan qimmatroq aktivga aylandi
Mutassaddilar ta’kidlashicha, bu hozirdagi barcha bitkoinlarni yig‘ib, Google kompaniyasini sotib olish mumkinligini anglatadi. Raqamli aktivga bo‘lgan talab o‘sishi va bozordagi cheklangan taklif bitkoin qiymatining keskin oshib borishiga sabab bo‘lgan. Eng qimmat aktivlar ro‘yxatida bitkoin hozir Amazon, Apple, Nvidia, Microsoft va oltindan keyingi o‘rinda turibdi. Ushbu natija kriptovalyutaga nisbatan ishonchning oshib borayotgani va uni moliyaviy bozorlarda to‘laqonli aktiv sifatida qabul qilinayotganini ko‘rsatmoqda. Mutaxassislar fikricha, bitkoinning qimmat aktivlar ro‘yxatida yuqori o‘ringa ko‘tarilishi raqamli moliya sohasidagi tendensiyalar va investitsiya strategiyalariga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid

Jahondagi barcha bitkoinlar qiymati Google’dan qimmatroq aktivga aylandi | Vaqt.uz