Logo

Janubiy Koreya prezidenti uysiz qolganini aytdi

Bugun 19:561 daqiqa

U o‘zining yagona kvartirasini sotib yuborgan.

Janubiy Koreya prezidenti uysiz qolganini aytdi

Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myon o‘zining yagona kvartirasini sotib yubordi va rasman uysiz qolganini e’lon qildi. Bu haqda RIA Novosti Yonhap agentligiga tayanib xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, davlat rahbari Seul yaqinidagi Sonnam shahrida joylashgan o‘zining yagona kvartirasini shu yilning fevral oyida sotuvga qo‘ygan. Prezident bu qarorga ko‘chmas mulk bozorini barqarorlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlarga nisbatan fuqarolarning ishonchini oshirish maqsadida kelgan.

Ko‘chmas mulk bozorini barqarorlashtirish siyosati

Hozirgi vaqtda Janubiy Koreya hukumati uy egalarini o‘zlari yashamaydigan bo‘sh uy-joylarni investitsiya va chayqovchilik maqsadida ushlab turmasdan, tezroq sotishga undovchi siyosatni amalga oshirmoqda. Ushbu siyosat doirasida mamlakatning uy-joy fondini kengaytirish va ko‘chmas mulk bozoridagi narx-navo shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan bo‘sh kvartiralar muammosiga barham berish ko‘zda tutilgan.

Teglar

Mavzuga oid

Janubiy Koreya prezidenti uysiz qolganini aytdi | Vaqt.uz