add

JAR o‘z ayollarini Rossiyada qullikka tushib qolmaslikdan ogohlantirdi

26.08.2025 | 22:2015773

Janubiy Afrika Respublikasi Ayollar ishlari vazirligi fuqarolarni Rossiyadagi soxta ish o‘rinlari e’lonlariga ishonib ishga yuborishdan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

JAR o‘z ayollarini Rossiyada qullikka tushib qolmaslikdan ogohlantirdi
Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti huzuridagi Ayollar ishlari vazirligi fuqarolarni ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinayotgan Rossiyada ish topish takliflarini qabul qilishdan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi. Bu haqda «Bloomberg» axborot agentligi xabar bermoqda. «Rossiyadagi soxta ish o‘rinlari haqidagi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan e’lonlar davlat nazoratidan tashqarida ekanligini ta’kidlaymiz. Shu bois, yurtimiz yoshlarini nihoyatda hushyor bo‘lishga chaqiramiz», - deyiladi xabarda, Bundan oldin, Janubiy Afrika Respublikasi hukumati Rossiyaning harbiy ishlab chiqarish bilan bog‘liq korxonalarida ishlash uchun janubiy afrikalik ayollarni yollash masalasi bo‘yicha tergov ishlarini boshlagan edi. Rossiya kompaniyalari ishchi kuchi tanqisligini bartaraf etish maqsadida yosh afrikalik ayollarni ishga jalb qilmoqda. Asosiy ishga oluvchilardan biri Tataristondagi «Alabuga» maxsus iqtisodiy hududidir, bu yerda harbiy dronlar ishlab chiqariladi. Ishga qabul qilish kampaniyasida BRICS brendidan foydalanadigan tashkilotlar ishtirok etmoqda va BRICS Ayollar biznes ittifoqining mahalliy bo‘limi Alabugaga ishchi kuchi yetkazib berish to‘g‘risida shartnoma imzoladi. Vaziyatdan xabardor bo‘lgan manba ma’lum qilishicha, Janubiy Afrika Respublikasi hukumati hozirda Rossiya kompaniyalarining faoliyati va maqsadlarini tekshirmoqda. Suhbatdoshning aytishicha, Pretoriya hokimiyati Rossiya diplomatik korpusi vakillarini tushuntirish berish uchun chaqirishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid