
«Jasorat maktablari» uchun qabul tartibi belgilandi
03.07.2025 | 22:207712
Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, «Jasorat maktablari»da o‘qish istagidagi o‘quvchilar 5-sinfdan boshlab saralab olinadi.

Adliya vazirligida «Jasorat maktablari»ga o‘quvchilarni qabul qilish va o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, bunday sinflarga 5-sinfdan boshlab har biri 26 nafar o‘quvchidan iborat guruhlar shaklida qabul amalga oshiriladi.
Ta’kidlanishicha, mazkur sinflarda o‘qish muddati 7 yilni tashkil etadi. Qabul jismoniy tayyorgarlik va tegishli fanlar bo‘yicha test sinovlari asosida amalga oshiriladi. Imtihonlar iyul oyida o‘tkaziladi.
Jasorat sinfini 9-sinf darajasida tamomlaganlarga tayanch o‘rta ta’lim, 11-sinfni bitirganlarga esa umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma beriladi.





