
Javohir Sindorov Jahon Kubogini qo‘lga kiritdi
Hindistonning Goa shahrida o‘tgan FIDE Jahon Kubogi finalida Javohir Sindorov g‘olib bo‘ldi.

Hindistonning Goa shahrida bo‘lib o‘tgan FIDE Jahon Kubogi–2025 musobaqasi O‘zbekiston shahmat maktabi uchun yana bir tarixiy natija bilan yakunlandi. Finalda Javohir Sindorov xitoylik raqibi Vey Yiga qarshi hal qiluvchi bahs olib bordi.
Javohir Sindorov (reytingi 2721, 25-o‘rin) va Vey Yi (reytingi 2752, 11-o‘rin) olgan o‘rtasidagi ikki partiya ham 1:1 hisobidagi muvozanat bilan tugadi. Bu esa g‘olibni aniqlashni tay-breyk bosqichiga qoldirdi.
Tezkor shaxmatda Sindorovning ustunligi yaqqol ko‘zga tashlandi. U raqibining xatolarini o‘z vaqtida baholab, muhim pozitsiyalarda tashabbusni qo‘lga oldi va tay-breyk seriyasini ishonchli tarzda o‘z foydasiga hal qildi. Shu tariqa, yosh o‘zbek grossmeysteri ilk bor Jahon Kubogi g‘olibligini qo‘lga kiritdi.





