JCH-2026. Belgiya AQSHni yirik hisobda yengib, chorakfinalga yo‘l oldi
Shu tariqa uchala mezbon ham 1/8 finaldan o‘tolmadi.

Jahon chempionatining har uchala mezboni 1/8 finalda musobaqa bilan xayrlashdi.
Kanada va Meksika ortidan AQSH ham nimchorakfinalda mag‘lubiyatga uchradi. Jamoa Belgiyadan yirik hisobdagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Mamlakat prezidenti Donald Trampning aralashuvi bilan diskvalifikatsiyasi bekor qilinib, maydonga tushirilgan hujumchi Balogun ham hech nima qila olmadi.
Belgiya chorakfinalda Ispaniyaga qarshi o‘ynaydi.
JCH-2026. 1/8 final
AQSH — Belgiya 1:4
6-iyul, Sietl
Gollar: Tillman (31) — de Ketelare (9, 33), Vanaken (57), Lukaku (90+3).
AQSH — Friz, Frimen, Richards, Rim, Robertson (Arfsten, 90+2), Adams (Pepi, 72), Makkenni, Tillman, Dest (Reyna, 46), Pulishich (Berhalter, 59), Balogun (Rayt, 90+2).
Belgiya — Kurtua, Kastan, Ngoy, Mexele, de Kuyper, Onana (Vanaken, 21), Raskin (Vitsel, 89), Tilemans, Lukebakio (Doku, 67), Trossar (Salemakers, 89), de Ketelare (Lukaku, 67).
Ogohlantirishlar: Makkenni (35), Tillman (69).

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2026
JCH-2026 o‘yinlariga oid barcha xabarlar bitta havolada.





