JCH-2026. Chorakfinalning barcha juftliklari ma’lum (o‘yinlar sanasi)
AQSH, Kanada va Meksikada o‘tayotgan mundial hal qiluvchi pallaga kirmoqda.

AQSH, Kanada va Meksikada o‘tayotgan Jahon chempionatida 1/8 final bahslari yakuniga yetdi.
Nimchorakfinalning so‘nggi o‘yinida Shveysariya Kolumbiyani penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchratdi — 0:0, pen 4:3.
1/4 juftliklari:
10-iyul. 01:00
Fransiya — Marokash
11-iyul. 00:00
Ispaniya — Belgiya
12-iyul. 02:00
Norvegiya — Angliya
12-iyul. 06:00
Argentina — Shveysariya
Bellashuvlar Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.
Yarimfinalda Fransiya — Marokash juftligi g‘olibi Ispaniya va Belgiya o‘rtasidagi bahsda g‘alaba qozongan jamoa bilan o‘ynasa, Angliya — Norvegiya o‘yinida ustun kelgan jamoa Argentina yoki Shveysariyaga qarshi maydonga tushadi.

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2026
JCH-2026 o‘yinlariga oid barcha xabarlar bitta havolada.





