JCH-2026. Fransiya Marokashni qiyinchiliksiz mag‘lub etib, ilk yarimfinalchiga aylandi
Mbappe turnirdagi 8-golini urib, Messiga yetib oldi.

Jahon chempionatida chorakfinal start oldi.
Dastlabki juftlikda Fransiya Marokash bilan to‘qnash kelib, ishonchli g‘alabaga erishdi. «Uchranglilar»dan Mbappe va Dembele gol urdi.
Kilian goldan tashqari penaltidan foylalana olmadi.
Fransiya yarimfinalda Ispaniya — Belgiya juftligi g‘olibi bilan bahs yuritadi.
JCH-2026. 1/4 final
Fransiya — Marokash 2:0
9-iyul. Foksboro
Gollar: Mbappe (60), Dembele (66).
Foydalanilmagan penalti: Mbappe (28)..
Fransiya — Menyan, Kunde (Gyusto, 87), Upamekano, Saliba, Din, Kone (Zair-Emeri, 71), Rabio, Dembele, Olise, Due (Barkolya, 77), Mbappe (Mateta, 77).
Marokash — Bunu, Hakimi, Diop, Mazraui, Saloh-Eddin (Al Uahdi, 74), Buaddi (Amrabat, 62), Al Aynaui, Unai, Talbi (Sbai, 85), Dias (Yosin, 74), Al Hannus (Rahimi, 62).
Ogohlantirish: Diop (63).

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2026
JCH-2026 o‘yinlariga oid barcha xabarlar bitta havolada.





