Logo

JCH-2026 start oldi. Chetlatishlarga boy ochilish o‘yinida Meksika JARni mag‘lub etdi

Bugun 08:101 daqiqa

Tarixda ilk bor mundialning birinchi bahsida 3 bor qizil kartochka ko‘rsatildi.

JCH-2026 start oldi. Chetlatishlarga boy ochilish o‘yinida Meksika JARni mag‘lub etdi

11-iyun kuni Mexikodagi bahs bilan 23-Jahon chempionati boshlandi.

Turnirning ilk o‘yinida mezbonlardan biri Meksika Janubiy Afrika respublikasi jamoasini ishonchli tarzda mag‘lubiyatga uchratdi. Kinones 2026 yilgi mundialning ilk goliga mualliflik qilgan bo‘lsa, Ximenes boshi bilan to‘p kiritgan holda jamoasining g‘alabasini mustahkamladi.

Shu tariqa Meksika 8-urinishda Jahon chempionatini 3 ochko bilan boshladi. Jamoa bungacha qatnashgan 7 ta mundialining birinchi turida g‘alaba qozona olmagandi (5 mag‘lubiyat, 2 durang).

E’tiborlisi, ochilish o‘yinida noyob natija qayd etildi — 3 bor qizil kartochka ko‘rsatildi. Jahon chempionatlarining ilk o‘yinlarida hech qachon bunday voqelik kuzatilmagandi.

Guruhning ikkinchi bahsida Janubiy Koreya va Chexiya o‘zaro to‘qnash keladi.

JCH-2026. A guruhi. 1-tur
Meksika – JAR 2:0
11-iyun. Mexiko. «Asteka»
Gollar: 
Xulian Kinones (9), Raul Ximenes (67).
Meksika 
– Ranxel, Reyes, Montes, Vaskes, Galyardo, Fidalgo (Mora, 66), Lira (Alvares, 76), Gutiyerres (Chaves, 66), Alvarado, Kinones (Vega, 79), Ximenes (Gonsales, 76).
JAR – Uilyams, Okon, Mudau, Sibisi, Mbokazi, Mokuna, Sitole, Adams (Zvane, 61), Modiba (Appollis, 77), Foster (Mbata, 56), Rayners (Makgopa, 77).
Ogohlantirishlar: Mokuyea (17), Gutiyerres (23), Sibisi (74).
Chetlatishlar: Montes (90+2) – Sitole (49), Zvane (84).

Teglar

Mavzuga oid

JCH-2026 start oldi. Chetlatishlarga boy ochilish o‘yinida Meksika JARni mag‘lub etdi | Vaqt.uz