add

Joylarda qor, tuman, yaxmalak: 28-yanvar uchun ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi

Kecha 13:152 daqiqa

Ertaga O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida yog‘ingarchilik kutilmoqda. Harorat kunduzi -3...+7 daraja atrofida bo‘ladi.

Joylarda qor, tuman, yaxmalak: 28-yanvar uchun ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi© Javhar Chorshanbiyeva

O‘zgidromet 28-yanvar kuni O‘zbekiston bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo kutilmalarini ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi +2...+4 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol shimoli-sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi -10...-15 daraja sovuq, Ustyurtda -20...-23 daraja sovuqqacha, kunduzi -3...-8 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol g‘arbdan sekundiga 9-14 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi -3 daraja sovuq, +2 daraja iliq, cho‘l hududlarda kechasi va kunduzi -3...-8 daraja sovuq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol g‘arbdan sekundiga 9-14 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0...+5 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo hamda Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi +2...+7 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi -3 daraja sovuq, +2 daraja iliq, kunduzi 0...+5 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0...-5 daraja sovuq bo‘ladi.

27-30-yanvar kunlari respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

Teglar

Mavzuga oid