add

JSST 50 yil ichida 50 mln kishini o‘limdan saqlab qolish taklifi bilan chiqdi

03.07.2025 | 23:246253

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tamaki, alkogol va shirin ichimliklarga soliqlarni jiddiy oshirish orqali yuz millionlab insonlarning hayotini saqlab qolish mumkinligini ma’lum qildi.

JSST 50 yil ichida 50 mln kishini o‘limdan saqlab qolish taklifi bilan chiqdi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) «3 dan 35 gacha» nomli global tashabbus doirasida barcha davlatlarga zararli mahsulotlar — tamaki, alkogol va shakarli ichimliklarga qo‘yiladigan soliqlarni 2035 yilgacha kamida 50 foizga oshirishni tavsiya etdi. Tashkilot matbuot xizmati ma’lum qilishicha, bu taklif sog‘liqni saqlash bilan bog‘liq surunkali muammolarning oldini olish va davlat byudjetlariga barqaror daromad keltirishni ko‘zlaydi. JSST ekspertlarining ta’kidlashicha, tamaki mahsulotlari, spirtli ichimliklar va shirin ichimliklar yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet, saraton kabi yuqumsiz, ammo o‘limga olib keluvchi kasalliklarning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Hisobotga ko‘ra, bunday kasalliklar bugungi kunda dunyo bo‘yicha barcha o‘lim holatlarining 75 foizdan ortig‘iga sabab bo‘lmoqda. Tashkilot mutaxassislarining fikricha, «sog‘liq soliqlari»ni joriy etish va stavkalarni jiddiy oshirish kelgusi 50 yil ichida 50 milliongacha insonning muddatidan oldin vafot etishining oldini olishi mumkin. JSST mazkur tashabbus orqali sog‘lom turmush tarzini rag‘batlantirish, zararli odatlarning oldini olish va aholining umumiy sog‘lomlik darajasini oshirishga chaqirmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

JSST 50 yil ichida 50 mln kishini o‘limdan saqlab qolish taklifi bilan chiqdi | Vaqt.uz