add

JSST maktablarda sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha tavsiyalarini e’lon qildi

30.01.2026 | 08:201 daqiqa

2025 yil ilk bor bolalar o‘rtasida semirish ko‘rsatkichlari ozg‘inlik ko‘rsatkichlaridan o‘zib ketgan yil bo‘ldi.

JSST maktablarda sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha tavsiyalarini e’lon qildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan ilk bor maktablarda sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha ishlab chiqilgan global tavsiyalar e’lon qilindi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bolalar orasida semirish holatlari ortgan

Ma’lum qilinishicha, dunyo bo‘ylab bolalar o‘rtasida ortiqcha vazn va semirish ko‘rsatkichlari oshib bormoqda. Shu bilan birga, to‘yib ovqatlanmaslik hanuz jiddiy muammo. 2025 yilda ilk bor bolalar o‘rtasida semirish holatlari ozg‘inlik ko‘rsatkichlaridan ancha yuqori bo‘lgan.

Xususan, maktab yoshidagi har o‘ninchi bola va o‘smir semirishdan aziyat chekyapti. Har beshinchisi, ya’ni jami 391 million nafar o‘g‘il-qiz ortiqcha vaznga ega. Shuningdek, dunyo aholisi orasida 800 milliondan ortiq kishi qandli diabetga chalingan.

Maktabda sog‘lom ovqatlanish ahamiyatli

Qayd etilishicha, kunning katta kismini maktabda utkazadigan millionlab bolalar uchun ovkatlanish ratsioni soglikni saklashda xal kiluvchi omil xisoblanadi. JSST rahbari fikricha, umumta’lim muassasalarida sog‘lom taomlanish kelajakda turli kasalliklarning oldini olishga yordam beradi.

Tavsiyalar va amaliy qadamlar

Tavsiyalarda zararli maxsulotlar, jumladan shakar, tuz va transyoglar mikdorini kamaytirish asosiy vazifa sifatida belgilangan. Ular urniga meva-sabzavot, don, dukkakli maxsulotlar va yongok ulushini oshirish taklif etilmokda.

Tashkilot mamlakatlarga ushbu kullanmani amaliyotga joriy etish uchun texnik va uslubiy yordam kursatishni rejalashtirgan.

Teglar

Mavzuga oid