
JST tomon yana bir qadam: Rossiya bilan protokol imzolandi
O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonida Rossiya bilan ikki tomonlama bozorga kirish muzokaralarini yakunlab, muhim protokolni imzoladi.

O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish yo‘lida navbatdagi muhim bosqichni ortda qoldirdi. 2025 yil 21-dekabr kuni Sankt-Peterburg shahriga amaliy tashrif doirasida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida ikki tomonlama bozorga kirish muzokaralarini yakunlovchi protokol imzolandi. Bu hujjat O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi jarayonida muhim siyosiy va iqtisodiy ahamiyatga ega.
Protokol O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rasmiy tashrifi chog‘ida Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov bilan birgalikda imzolandi. Hujjat JSTga a’zo bo‘lish doirasida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida olib borilgan ikki tomonlama muzokaralarni rasman yakunladi.
Prezidentning Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek O‘runovning ta’kidlashicha, muzokaralar uzluksiz, mazmunli va konstruktiv ruhda o‘tgan hamda ijobiy natija bilan yakunlangan. U Rossiya tomonining O‘zbekistonning JSTga qo‘shilish jarayonidagi faol ishtiroki va hamkorligini alohida qayd etdi.
Shu bilan birga, O‘runov ayrim masalalar hali yakuniga yetkazilishi lozimligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, endilikda asosiy e’tibor ko‘p tomonlama muzokaralarni ilgarilatish, milliy qonunchilikni JST talablariga moslashtirish va a’zolik jarayonini kelgusi yilda muvaffaqiyatli yakunlashga qaratilgan.
Endi JSTga a’zolik yo‘lida bitta Tayvan bilan shunday protokol imzolash qoldi.





