add

JSTga a’zolik bo‘yicha muzokara: Rossiya qariyb rozi, bitta Tayvan qoldi

Bugun 07:588381 Daqiqa

Moskvada o‘tgan uchrashuvda Rossiya bilan barcha asosiy masalalar bo‘yicha kelishuvga erishildi, faqat texnik jihatlar qoldi.

JSTga a’zolik bo‘yicha muzokara: Rossiya  qariyb rozi, bitta Tayvan qoldi

Prezidentning JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek Urunovning ma’lum qilishicha, Moskvada O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi bo‘yicha Rossiya bilan muzokaralar yuzasidan samarali uchrashuv o‘tkazildi. Muzokaralar deyarli yakuniga yetgan: asosiy mazmunli masalalar to‘liq kelishib olingan, faqat texnik detallarni yakunlash qolgan.

O‘zbekiston delegatsiyasi nomidan Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov, direktor Yekaterina Mayorova, elchi Nikolay Platonov va boshqa muzokarachilarga aniqlik va konstruktiv yondashuv uchun minnatdorlik bildirildi.

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralar dunyo savdo tizimidagi hamkorlikning muhim bosqichi bo‘lib, YAIHga qo‘shilish jarayonida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Jenevada dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan JST Bosh kengashi yig‘ilishida ushbu ikki tomonlama kelishuvni rasman e’lon qilish rejalashtirilgan.

Shu bilan O‘zbekistonga faqat Xitoy Taypeyi (Tayvan) bilan qolgan ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash qoldi.

Ayni paytda O‘zbekiston delegatsiyasi AQSH poytaxti Vashingtonda bo‘lib turibdi. U yerda ikki tomonlama va JST doirasidagi hamkorlikni yanada ilgarilatish maqsadida rasmiy uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Avvalroq O‘zbekiston Ekvador, Kanada va Panama bilan JSTga a’zolik bo‘yicha kelishuvlarini yakunlagani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid