add

Jurnalist Ruxsora Boboqulovaga hech qanday tazyiq o‘tkazilmagan — Navoiy hokimligi

26.07.2025 | 16:0033833

Navoiy shahrida zaharli tutun haqidagi jonli efirdan so‘ng jurnalist Ruxsora Boboqulovaga bosim bo‘layapti, degan xabarlarga Navoiy viloyati hokimligi rasmiy bayonot berdi.

Jurnalist Ruxsora Boboqulovaga hech qanday tazyiq o‘tkazilmagan — Navoiy hokimligi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, jurnalist Ruxsora Boboqulova Navoiy shahridagi zaharli tutun haqida jonli efirda ochiq gapirganidan so‘ng unga nisbatan bosim bo‘lgani va viloyat teleradiokanalida jonli efirlar to‘xtagani haqida da’volar ilgari surildi. Bu bo‘yicha Navoiy viloyati hokimligi Axborot xizmati rasmiy bayonot bilan chiqdi. Unda qayd etilishicha, 23 iyul kuni teleradiokanal studiyasida LED ekran o‘rnatish va jihozlash ishlari olib borilgani tufayli jonli efirlar vaqtincha to‘xtatilgan. 24 iyul kuni soat 18:00da “Ochiq muloqot” va 25 iyul kuni “Assalom, Yangi kun!” dasturi 8:00dan 10:00gacha jonli efirda uzatilgan. Bu holat, hokimlik ta’kidicha, texnik jihatlar bilan bog‘liq bo‘lib, senzura yoki bosim sifatida baholanmasligi lozim. Ruxsora Boboqulovaga nisbatan hech qanday tazyiq bo‘lmagani va u o‘z ijodiy faoliyatini reja asosida davom ettirayotgani ta’kidlandi. U haftaning seshanba va payshanba kunlari jonli efirda boshlovchilik qilmoqda. Hokimlik Facebook’dagi rasmiy sahifasida ham videobayonot e’lon qilganini bildirgan. Rasmiy bayonotda so‘z erkinligi va oshkoralik tamoyillari doimo qo‘llab-quvvatlanishi qayd etilgan.

Teglar

Mavzuga oid