
Jurnalistikadan — biznesmenlikka: bir tadbirkor tarixi Vaqt.uzʼning yangi podkastida
26.08.2025 | 18:1539873
Vaqt.uzʼning yangi «Tadbirkor bilan yuzma-yuz» podkastida 15 yoshida sport jurnalistikasiga kirib kelgan toshkentlik Jamshid Abdullayev qanday qilib tadbirkor bo‘lgani haqida hikoya qilib berdi.

Besh yildirki, Prezident tadbirkorlar bilan ochiq muloqot qilib kelmoqda. Bu orada hattoki 20 avgust O‘zbekistonda tadbirkorlar kuni sifatida nishonlana boshladi. bugungi qahramonimiz yurtimiz ravnaqiga hissa qo‘shish uchun chet eldan O‘zbekistonga qaytib kelgan tadbirkorlardan biridir.
Bu yil Tadbirkorlar kuni arafasida «Faol tadbirkor» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan 40 yoshli eksportchi tadbirkor Jamshid Abdullayev 2018 yilda xorijdagi ishini tashlab, olgan bilimlarini Vatan ravnaqi yo‘lida ishlatishga bel bog‘lagan. Ayni kunda O‘zbekistonda yetishtirilgan meva-chevalarni Rossiya, BAA, Saudiya Arabistoni kabi davlatlarga eksport qilish bilan shug‘ullanmoqda.
U 15 yoshida mehnat qila boshlagan. Ingliz tilini puxta bilishi va futbolga juda qiziqishi ortidan «O‘zbekiston futboli» gazetasiga maqolalar yoza boshlagan. Axbor Imomxo‘jayev, Oybek Yunusov, Xayrulla Hamidovlar bu borada unga ustozlik qilishgan.
Shuningdek, «Sezam» radiostansiyasida boshlovchilik qilgan, televideniyeda ko‘rsatuv boshlovchisi bo‘lib ham ishlagan.
O‘rta maktabni AQSHda tamomlagan. Oliy ma’lumotni Toshkentdagi Vestminicter universitetida olgan. Britaniyaning Oksford universitetida ta’lim olgan kam sonli o‘zbek tadbirkorlaridan. Oliy ma’lumotli iqtisodchi.
Jamshid Abdullayev podkastda tadbirkorlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar va imtiyozlar bilan bir qatorda hali yechimini topishini kutayotgan masalalar haqida ham gapirgan. Yosh tadbirkorlarga, yoshlarga o‘z maslahatlarini bergan. Podkastni jurnalist Shuhrat Shokirjonov olib borgan.
Podkastni Youtubeʼda tomosha qiling
👉 https://youtu.be/QKbCDO-XzkQ





