add

Kallas: Yevropa Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar va Ukrainaga qo‘shimcha yordam tayyorlamoqda

12.08.2025 | 08:4010372

Yevroittifoq oliy diplomati Kaya Kallasga ko‘ra, Yevropa mamlakatlari Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar va Ukrainaga qo‘shimcha harbiy yordam ustida ish olib bormoqda.

Kallas: Yevropa Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar va Ukrainaga qo‘shimcha yordam tayyorlamoqda
Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiyaga nisbatan navbatdagi sanksiyalar paketini ishlab chiqish va Ukrainaga qo‘shimcha harbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha faol harakat qilmoqda. Bu haqda Yevropa Ittifoqining oliy diplomati Kaya Kallas ijtimoiy tarmoqda ma’lum qildi. «YeI tashqi ishlar vazirlari bugun AQSHning adolatli tinchlikka erishish yo‘lidagi qadamlarini qo‘llab-quvvatladilar», — dedi Kallas. Shu bilan birga, u Yevropa mamlakatlari Ukrainaga moliyaviy yordam va uning YeIga a’zo bo‘lish jarayonini qo‘llab-quvvatlash choralarini ham ko‘rayotganini qo‘shimcha qildi. Kallasning fikricha, transatlantik hamkorlik, Ukrainaga doimiy yordam va Rossiyaga bosim — urushni tugatish hamda kelgusidagi ehtimoliy agressiyani oldini olishning asosiy yo‘lidir. Xabar qilinishicha, Kaya Kallas 11 avgust kuni YeI tashqi ishlar vazirlarini yig‘ilishiga chaqirgan. Yig‘ilishda AQSH prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning rejalashtirilgan muzokaralari oldidan Yevropa pozitsiyasini belgilash masalalari muhokama etilgan.

Teglar

Mavzuga oid