add

Kambag‘al oilalardan xodim jalb etgan tadbirkorlar uchun kompensatsiya oshiriladi

29.09.2025 | 16:2034073

O‘zbekistonda tadbirkorlik sub’ektlarini rag‘batlantirish va moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida Prezidentning 26 sentyabrdagi PF–176-sonli farmon qabul qilindi.

Kambag‘al oilalardan xodim jalb etgan tadbirkorlar uchun kompensatsiya oshiriladi
Farmonga muvofiq, 2026–2027 yillarda «Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» AJ orqali 4 trln so‘mlik moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari taqdim etilib, 5 mingta tadbirkorlik loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilgan. 2025 yil 1 noyabrdan kompaniya orqali «chempion» tadbirkorlarni shakllantirish maqsadida tijorat banklari orqali ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi loyihalarga 10 mlrd so‘mgacha resurs ajratiladi. Shuningdek, kichik tadbirkorlikning «yashil» iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi mikroloyihalari 500 mln so‘mgacha kreditlar bilan qo‘llab-quvvatlanib, ularni 6 foizgacha pasaytirilgan stavkalarda qayta moliyalashtirish imkoni beriladi. 2025 yil 1 dekabrdan esa yirik tadbirkorlarga 10 mlrd so‘mgacha kafolatlar taqdim etiladi. O‘rta va yirik tadbirkorlikning yirik loyihalari uchun kafolat miqdori ularning aylanmasiga qarab oshiriladi. Yaxshi kredit tarixiga ega tadbirkorlar uchun kafolat hajmi amaldagi chegaradan 1,5 baravargacha ko‘tariladi. 2026 yildan e’tiboran olis hududlardagi kichik va o‘rta biznesga ham alohida imtiyozlar beriladi. Ular uchun ajratilgan kreditlar Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori darajasigacha qayta moliyalashtirilib, kambag‘al oilalardan xodim jalb etgan tadbirkorlar uchun kompensatsiya 2–6 foizgacha oshiriladi.

Teglar

Mavzuga oid