add

Kanada, Avstraliya va Buyuk Britaniya Falastin davlatini rasman tan oldi

21.09.2025 | 20:002853

Kanada G7 davlatlari ichida birinchi bo‘lib Falastin davlatini tan oldi. Britaniya va Avstraliya ham bu qarorga qo‘shilib, ikki davlat yechimini qo‘llab-quvvatlashini e’lon qildi.

Kanada, Avstraliya va Buyuk Britaniya Falastin davlatini rasman tan oldi
Kanada, Avstraliya va Buyuk Britaniya 21 sentyabr kuni bir necha daqiqa intervalida Falastin davlatini tan olganini e’lon qildi. Shu tariqa, Kanada «katta yettilik» guruhi a’zolari orasida birinchi bo‘lib bu qarorni qabul qildi. Fransiya, Belgiya, Portugaliya kabi bir qator G‘arb davlatlari ham BMT Bosh Assambleyasi sessiyasi doirasida Falastinni tan olish niyati borligini bildirgan. Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kiyr Starmer videomurojaatida shunday dedi:
«Bugun biz falastinliklar va isroilliklar uchun tinchlik umidini qayta tiklash va ikki davlat yechimini ta’minlash uchun Falastin davlatini rasman tan olamiz».
Kanada Bosh vaziri Mark Karni esa o‘zining X’dagi bayonotida quyidagilarni qayd etdi:
«Kanada Falastin davlatini tan oladi va kelajakda tinch hayot qurishda Falastin hamda Isroilga sheriklik taklif qiladi».
Avstraliya hukumati ham shu yo‘nalishdagi qarorini e’lon qilib, mintaqadagi tinchlik jarayonlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Bu qarorni AQSH prezidenti Donald Tramp ma’muriyati va Isroil hukumati keskin tanqid qildi. Vashington ikki davlat yechimini tan olish borasida G‘arb ittifoqchilarini «shoshilmaslikka» chaqirmoqda.

Teglar

Mavzuga oid