add

Katta qurilish maydonlarida monitoring stansiyalari o‘rnatiladi

Bugun 11:551561 Daqiqa

Prezident farmoni bilan monitoring stansiyalarini Ekologiya qo‘mitasi tizimiga ulash qurilishni davom ettirishning asosiy sharti etib belgilandi.

Katta qurilish maydonlarida monitoring stansiyalari o‘rnatiladi

Prezidentning «Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni bilan Toshkentda qurilish maydonlari nazorati kuchaytiriladi.

Farmonga ko‘ra, bir hafta ichida 500 metr kvadrat va undan katta maydonlarda kompleks tekshiruvlar o‘tkazilib, maydonlarning kamida 25 foizi ko‘kalamzorlashtirilgani, suv purkagichlar o‘rnatilgani, kirish-chiqish yo‘llarida avtotransport g‘ildiraklari yuviladigan havzalar mavjudligi va materiallar brezent yoki PVX qoplama bilan yopilgan holda tashilayotgani tekshiriladi.

Shuningdek, chang va qumning havoga ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymaslik talablari qat’iy nazoratga olinadi.

Farmonga muvofiq, katta qurilish maydonlarida monitoring stansiyalari majburiy o‘rnatiladi. Jumladan, maydoni 1 000 metr kvadratdan ortiq ob’ektlarda monitoring uskunalarini o‘rnatish va Ekologiya qo‘mitasi tizimiga ulash qurilishni davom ettirishning asosiy sharti etib belgilandi.

Teglar

Mavzuga oid

Katta qurilish maydonlarida monitoring stansiyalari o‘rnatiladi | Vaqt.uz