add

Kelajakdagi besh yildan biri Yer tarixidagi eng issig‘i bo‘lishi mumkin

05.06.2025 | 11:4021423

BMTning iqlim bo‘yicha mutaxassislari ta’kidlashicha, keyingi besh yil ichida kamida bittasi insoniyat tarixidagi eng issiq yil bo‘lishi kutilmoqda. Bu Yerdagi iqlim tizimida keskin o‘zgarishlar ro‘y berayotganini anglatadi.

Kelajakdagi besh yildan biri Yer tarixidagi eng issig‘i bo‘lishi mumkin
BMT huzuridagi Butunjahon meteorologiya tashkiloti (WMO) o‘zining navbatdagi hisobotida keyingi besh yillik davrda Yerda harorat darajasi juda yuqori bo‘lishi haqida ogohlantirdi. Tashkilot ekspertlariga ko‘ra, 2025–2029 yillar orasida kamida bitta yil o‘ta rekord darajada issiq bo‘ladi va ehtimol, insoniyat kuzatuvlari tarixidagi eng yuqori harorat qayd etiladi. Hisobotda aytilishicha, Yerdagi harorat darajasi sanoatgacha bo‘lgan davrga nisbatan o‘rtacha 1,5 darajaga oshib ketish ehtimoli 80 foizga yetgan. Bu Markaziy Osiyo, Janubiy Yevropa, Afrika va Janubiy Amerikani o‘z ichiga olgan keng hududlarda shiddatli issiqlik to‘lqinlari, qurg‘oqchilik va tabiiy ofatlar xavfini oshiradi. WMO bosh kotibi Petteri Taalasning aytishicha, Yerdagi iqlim tizimida kuzatilayotgan o‘zgarishlar shunchalik tezki, bu insoniyatga o‘zining yashash uslubini qayta ko‘rib chiqish zaruratini yuzaga keltirmoqda. U iqlim o‘zgarishining asosiy sababi deb inson faoliyati, xususan, issiqxona gazlari chiqindisini ko‘rsatdi. Mutaxassislar xususan 2023 yilning o‘zida ham dunyoda anomal issiqlik kuzatilganini, shu yilda global harorat rekordi yangilanganini ta’kidladi. Bu jarayonda iqlim o‘zgarishi bilan birga tabiiy havo jarayonlari ham ishtirok etgan. Shu munosabat bilan WMO barcha mamlakatlarga atmosferaga chiqariladigan zararli gazlar miqdorini keskin kamaytirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalariga o‘tish va iqlim o‘zgarishiga moslashish choralarini ko‘rishni tavsiya qilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid