add

Kelgusi yillarda O‘zbekistonda dollar kursi qanday bo‘ladi?

Kecha 15:2513081 Daqiqa

Xalqaro reyting agentligi 2026–2028 yillarda so‘m dollarga nisbatan bosqichma-bosqich qadrsizlanishini prognoz qilmoqda.

Kelgusi yillarda O‘zbekistonda dollar kursi qanday bo‘ladi?

O‘zbek so‘mining dollarga nisbatan kelgusi yillarda qanday o‘zgarishini aniq bashorat qilish qiyin bo‘lsa-da, S&P xalqaro reyting agentligi kutilmalarini e’lon qildi.

Prognozlarga ko‘ra, so‘mning dollarga nisbatan kursi kelgusi uch yilda quyidagicha bo‘lishi kutilmoqda:

2026 yilning oxirida – 12 592 so‘m;

2027 yilning oxirida – 13 158 so‘m;

2028 yilning oxirida – 13 751 so‘m.

Hozirgi paytda O‘zbekiston Markaziy banki 24-noyabr uchun dollar kursi 11 971 so‘m etib belgilagan. Yil boshidan buyon so‘mning AQSH valyutasiga nisbatan 7,7 foizga mustahkamlangani qayd etilgan. Biroq uzoq muddatli dinamika ko‘plab ichki va tashqi omillar ta’sirida shakllanishi sharhlanmoqda.

Mutaxassislar valuta kursiga ta’sir etuvchi asosiy omillar sifatida iqtisodiy o‘sish sur’atlari, inflatsiya darajasi va tashqi savdo balansiga urg‘u beradi. Agar iqtisodiyotda o‘sish barqaror bo‘lsa, milliy valuta qadrsizlanishi sekinlashishi mumkin. Shuningdek, inflatsiya past darajada ushlab turilsa, so‘mning barqarorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Eksport va import o‘rtasidagi mutanosiblik ham valuta bozoridagi bosimni kamaytirishda asosiy omillardan biri hisoblanadi.

Shuningdek, investitsiya muhitini yaxshilash, tashqi qarzni oqilona boshqarish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash kabi yo‘nalishlar so‘mning kelgusi yillardagi trayektoriyasini belgilab berishda xizmat qiladi.

Teglar

Mavzuga oid