add

Kellog va Mers Kiyevga qilingan ommaviy hujumni qoraladi

29.08.2025 | 08:202184

AQSH va Germaniya rasmiylari Rossiyaning tinch aholiga qarshi eng yirik havo zarbalaridan biriga munosabat bildirdi.

Kellog va Mers Kiyevga qilingan ommaviy hujumni qoraladi
AQSH prezidentining Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellog va Germaniya kansleri Fridrix Mers 28 avgust kuni Kiyevga qilingan ommaviy hujumga munosabat bildirdi. Kellog X ijtimoiy tarmog‘ida Ukrainaga keng ko‘lamli urush boshlanganidan buyon miqyosi bo‘yicha ikkinchi yirik hujum bo‘lganini qayd etdi.
«Nishonlar? Askarlar va qurol-yarog‘lar emas, Kiyevning turar joy dahalari, Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya missiyasi ofisi va begunoh fuqarolar nishonga olindi», — dedi AQSH maxsus vakili.
Kellog buni AQSH prezidenti Donald Tramp olib borayotgan tinchlik tashabbuslariga tahdid deb baholadi. GFR kansleri Fridrix Mers esa hujumni qattiq qoralab, «Rossiya yana o‘z haqiqiy yuzini ko‘rsatdi», dedi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevroittifoq vakolatxonasi yaqiniga urinadigan raketa hujumi Moskva rejimining prinsipsizligini namoyon etgan. Yevropa Komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen ma’lum qilishicha, ikki rus raketa YeI missiyasi binosidan bor-yo‘g‘i 50 metr nariga tushgan. Germaniya Tashqi ishlar vaziri Yohann Vadeful bu kabi zarbalar javobsiz qolmasligi kerakligini aytdi. Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat bo‘yicha vakili Kaya Kallas Rossiyaning bu harakatini «avjiga chiqarilgan mojaroning anglangan tanlovi va tinchlik harakatlariga masxara» deb baholadi. Kiyevga berilgan zarbada Rossiya tomoni 600 ga yaqin raketa va dronlardan foydalangani aytilmoqda. Turarjoy binolari vayron qilingan. Kamida 21 nafar tinch aholi vakillari halok bo‘lgan. Ko‘plab insonlar vayronalar ostida qolayotgani aytilmoqda. Kiyevda 29 avgust motam kuni deb e’lon qilindi.

Teglar

Mavzuga oid

Kellog va Mers Kiyevga qilingan ommaviy hujumni qoraladi | Vaqt.uz