
Keyingi hafta O‘zbekiston bo‘ylab qanday ob-havo kuzatiladi?
Yaqin haftada respublika hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim kunlari qor, tuman va yo‘llarda yaxmalak kuzatilishi mumkin.

O‘zgidromet yangi ish haftasida O‘zbekiston bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi. Hafta oxiriga kelib harorat sezilarli darajada ko‘tarilishi kutilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 26-28-yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 26-28-yanvarda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat 25-29-yanvarda kechasi -6...-11 daraja sovuq, kunduzi -3 daraja sovuq, +2 daraja iliq, 30-yanvar-1-fevralda kechasi -3...-8 daraja sovuq, kunduzi 0...+5 daraja iliq bo‘ladi.
Xorazm viloyatida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 27-28-yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 26-28-yanvarda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Harorat 25-29-yanvarda kechasi -6...-11 daraja sovuq, kunduzi -3 daraja sovuq, +2 daraja iliq, 30-yanvar-1-fevralda kechasi -3...-8 daraja sovuq, kunduzi 0...+5 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 25-yanvarda ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 26-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy viloyati shimoliy hududlarida ba’zi joylarda qor yog‘ishi mumkin. 27-28-yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 29-yanvar-1-fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 25-28-fevralda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, 25-yanvarda ba’zi joylarda 15-20 metrgacha kuchayadi. Harorat kechasi 25-30-yanvarda -3 daraja sovuq, +2 daraja iliq, 31-yanvarda 0...+5 daraja iliq, 1-fevralda kechasi -2...-7 daraja sovuq, kunduzi 25-26 va 28-yanvarda +5...+10 daraja iliq, 27-yanvarda +3...+8 daraja iliq, 29-31-yanvarda +7...+12 daraja iliq, 1-fevralda kechasi +2...+7daraja iliq; cho‘l hududlarda 25-29-yanvarda kechasi -6...-11 daraja sovuq, kunduzi -3 daraja sovuq, +2 daraja iliq, 30-yanvar-1-fevralda kechasi -3...-8 daraja sovuq, kunduzi 0...+5 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 25-yanvarda ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 26-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 27-28-yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 29-yanvar-1-fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 25-28-yanvarda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, 25-yanvarda ba’zi joylarda 15-20 metrgacha, ayrim joylarda 22-25 metrgacha kuchayadi. Harorat kechasi 25-31-yanvarda -3 daraja sovuq, +2 daraja iliq, 1-fevralda kechasi 0...-5 daraja sovuq, kunduzi 25-26-yanvarda +3...+8 daraja iliq, 27-28-yanvarda +1...+6 daraja iliq, 29-yanvar va 1-fevralda +2...+7 daraja iliq, 30-yanvarda +5...+10 daraja iliq, 31-yanvarda +7...+12 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 25-yanvarda ba’zi joylarda biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 26-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 27-28-yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 29-yanvar-1-fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 25-28-yanvarda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, 25-yanvarda ba’zi joylarda 15-20 metrgacha kuchayadi. Harorat kechasi 25-29-yanvar va 1-fevralda -2 daraja sovuq, +3 daraja iliq, 30-31-yanvarda 0...+5 daraja iliq, kunduzi 25-26-yanvar va 28-yanvarda +7...+12 daraja iliq, 27-yanvar va 1-fevralda +5...+10 daraja iliq, 29-31-yanvarda +9...+14 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 27-28-yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 27-28-yanvarda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...-5 daraja sovuqdan -3 daraja sovuq, +2 daraja iliqqacha, kunduzi 0...+5 daraja iliqdan +4...+9 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.
Respublikaning tog‘li hududlarida ham havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 25 va 27-28-yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘adi, 26, 29-31-yanvar va 1-fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 25-28-yanvarda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. 25-26-yanvarda qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, 25-yanvarda ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin Harorat kechasi -8...-13 daraja sovuqdan -3...-8 daraja sovuqqacha, kunduzi 0...-5 daraja sovuqdan -3 daraja sovuq, +2 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.





