Kichik blekaut: poytaxtning 5 ta tumanida chiroq o‘chdi

Bugun 14:021 daqiqa

Elektr uzilishi Yunusobod yo‘nalishidagi metro liniyasiga ham ta’sir qilgan. VAQT.UZ muxbiri holat yuzasidan Energetika vazirligi matbuot xizmati vakili Obidjon Dilmurodovdan izoh oldi.

Kichik blekaut: poytaxtning 5 ta tumanida chiroq o‘chdi © Ijtimoiy tarmoqlar

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining bir nechta tumanlarida elektr energiyasi uzilgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Xususan, bir vaqtning o‘zida Yunusobod, Mirzo-Ulugbek, Shayxontoxur, Yashnobod, Olmazor tumanlarining ayrim hududlarida chiroq o‘chgan. Bundan tashqari, tarmoq foydalanuvchilari elekr uzilishi Yunusobod yo‘nalishidagi metro liniyasiga ham ta’sir qilgan.

Holat yuzasidan VAQT.UZ muxbiri Energetika vazirligi Obidjon Dilmurodov matbuot xizmati vakili bilan bog‘landi.

Dilmurodovning ma’lum qilinishicha, bugun soat 12:41 da Qibray tumanida Toshkent issiqlik elektr stansiyasidagi transformatorda nosozlik bo‘lgan.

Soat 13:01 holatida nosozlik bartaraf etilib, iste’molchilarning elektr ta’minoti bosqichma-bosqich qayta tiklash choralari ko‘rilmoqda, dedi vazirlik vakili.

Teglar

Mavzuga oid