add

Kim Chen In Pekinga hojatxonasi, to‘shagi va axlat paketlari bilan bordi — Reuters

04.09.2025 | 21:002143

Bu Shimoliy Koreya rahbarining otasi Kim Chen Ir davridan beri odat tusiga kirgan.

Kim Chen In Pekinga hojatxonasi, to‘shagi va axlat paketlari bilan bordi — Reuters
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In Pekindagi uchrashuvga o‘zining hojatxonasi, to‘shagi va maxsus axlat paketlari bilan keldi. Bu haqda «Reuters» xabar bermoqda. Qayd etilishicha, bu diktatorning otasi Kim Chen Ir davridan beri odat tusiga kirgan. Bundan maqsad chet el maxsus xizmatlarining hatto do‘stona davlatlarda ham DNK namunalarini olishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Bu yo‘l bilan Kimlar sulolasi o‘z salomatligi va maxfiy ma’lumotlarini himoya qiladi. Qolaversa, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda Kim Chen Inning yordamchilari u ketgach, uchrashuv o‘tgan xonadan barcha izlarni yo‘qotib, mebellarni tozalayotgani aks etgan. Ular stakanlardan tortib, Kim Chen In qo‘l urgan buyumlargacha yig‘ishtirib chiqqan. «Reuters» eslatishicha, Kim jamoasi bunday xavfsizlik choralarini ilgari ham qo‘llagan. Xususan, 2019 yilda Xanoyda Donald Tramp bilan sammitdan so‘ng Kimning qo‘riqchilari bir necha soat davomida uning mehmonxona xonasini tozalashgan, shuningdek, matras kabi buyumlarni olib chiqishgan. 2018 yilda Janubiy Koreyaning o‘sha paytdagi prezidenti Mun Chje In bilan uchrashuvda Kim o‘tirishidan oldin Shimoliy Koreya qo‘riqchilari stul va stolni dezinfeksiya qilishgan. 2023 yilda Putin bilan bo‘ladigan sammit oldidan esa KXDR rahbarining qo‘riqchilari nafaqat stulni dezinfeksiya qilishdi, balki uni metall qidirgich yordamida ham tekshirib chiqishdi.

Teglar

Mavzuga oid