
Kim Chen In Putinga hamdardlik bildirdi
26.07.2025 | 13:3026942
«KXDR xalqi rossiyaliklarning kulfati va g‘amiga sherik», - degan Kim Chen In.
KXDR yetakchisi Kim Chen In Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinga Amur viloyatida An-24 yo‘lovchi samolyotining qulashi oqibatida ko‘plab qurbonlar bo‘lgani munosabati bilan ta’ziya izhor etdi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi (KTSA) xabar berdi.
Qayd etilishicha, Kim Chen In Rossiya rahbariga yuborgan telegrammada KXDR xalqi «birodar Rossiya xalqi bilan baxtsizlik va qayg‘uni baham ko‘rayotgani»i ta’kidlagan. U Rossiya prezidentiga, Rossiya xalqiga va halok bo‘lganlarning oilalariga chuqur hamdardlik bildirgan.
«Sizning rahnamoligingizda Rossiya hukumati va xalqi yo‘qotish azobini yengib o‘tishini chin dildan tilayman», - deyiladi telegrammada.





