add

Kirill Budanov Ukraina prezidenti ofisi rahbari etib tayinlandi

Kecha 23:362 daqiqa

Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘z farmoni bilan Qurolli kuchlar razvedkasi rahbari Kirill Budanovni prezident ofisi rahbari lavozimiga tayinladi.

Kirill Budanov Ukraina prezidenti ofisi rahbari etib tayinlandi

Ukraina Qurolli kuchlari Bosh razvedka boshqarmasi rahbari Kirill Budanov Ukraina Prezidenti ofisi rahbari etib tayinlandi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘zining rasmiy Telegram kanali orqali ma’lum qildi.

Prezidentning ta’kidlashicha, u Budanov bilan bo‘lgan uchrashuv chog‘ida unga Prezidenti ofisiga rahbarlik qilishni taklif etgan. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi sharoitda Ukraina uchun xavfsizlik, mudofaa va xavfsizlik kuchlarini rivojlantirish hamda diplomatik muzokaralar yo‘nalishidagi ishlarga maksimal darajada e’tibor qaratish muhim hisoblanadi.

Prezident ofisi faoliyati aynan shu ustuvor vazifalarni bajarishga qaratilgan holda ish yuritishi kerakligi qayd etildi. Zelenskiy Budanov ushbu sohalarda yetarli tajribaga, professional salohiyatga va natijaga erishish uchun zarur qat’iyatga ega ekanini ta’kidladi.

Prezident ma’lumotlariga ko‘ra, Kirill Budanov taklifni qabul qilgan. Shu bilan birga, Zelenskiy yangi rahbarga Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi hamda boshqa tegishli idoralar bilan hamkorlikda davlat mudofaasi va rivojlanishining strategik asoslarini qayta ko‘rib chiqish hamda tasdiqqa taqdim etish vazifasini yuklagan.

Ukraina Qurolli kuchlari Bosh razvedka boshqarmasiga yangi rahbar ham tayinlangan. Zelenskiyning ma’lum qilishicha, ushbu lavozimni tashqi razvedka xizmati rahbari bo‘lib ishlab kelgan Oleg Ivashchenko egallaydi.

Zelenskiy Ivashchenko bilan bo‘lgan ishchi uchrashuvda Rossiyaning harbiy va iqtisodiy salohiyatini cheklash, sanksiyalarni chetlab o‘tish sxemalarini bartaraf etish hamda neft eksportini qisqartirish bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilinganini bildirdi.

Teglar

Mavzuga oid