add

Kiyevda SBU polkovnigini o‘ldirilishida gumonlangan ayol va uning sherigi otib tashlandi

13.07.2025 | 23:061913

Kiyevda SBU polkovnigi Ivan Voronichni o‘ldirishda gumonlanayotganlar aniqlandi. Ukrain politsiyasiga ko‘ra, FSB topshirig‘ini olgan xorijlik erkak va ayol jinoyatda ishtirok etgan. Ulardan biri — millati ozarboyjon bo‘lgan, 34 yoshli Narmin Guliyeva.

Kiyevda SBU polkovnigini o‘ldirilishida gumonlangan ayol va uning sherigi otib tashlandi
13 iyul kuni tarqatilgan rasmiy bayonotga ko‘ra, Kiyev politsiyasi va Ukraina xavfsizlik xizmati (SBU) tezkor xodimlari hamkorlikdagi ish orqali gumonlanuvchilar shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Ular Rossiya maxsus xizmati tomonidan Ukrainadagi SBU xodimini yo‘q qilish uchun jalb etilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ikki kishi qurol saqlanadigan maxsus joy haqida oldindan ma’lumotga ega bo‘lgan. Ular shu joydan qurol olib, so‘ng Ivan Voronichni o‘z uyi oldida, mashinasiga yo‘nalgan paytda o‘qqa tutgan. Polkovnik bir necha marta yaqin masofadan otilgan o‘qlardan halok bo‘lgan. FSB agentlarini qidirish bo‘yicha maxsus operatsiyaga SBU rahbari Vasiliy Malyuk shaxsan boshchilik qilgan. Qotillikda gumonlanganlar qo‘lga olish paytida qarshilik ko‘rsatishgan va joyida o‘ldirilgan. «Strana» internet nashrining ma’lum qilishicha, o‘ldirilgan gumonlanuvchilardan biri — millati ozarboyjon bo‘lgan 34 yoshli Narmin Guliyeva bo‘lib, uning erkak sherigining shaxsiga hozircha aniqlik kiritilmagan. (Keyinchalik ikkinchi gumondor ham ozarboyjon millatiga mansub Haqali Gulalizoda ekani ma’lum bo‘ldi). Jinoyatdan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda ikki killerning o‘lib yotgani surati paydo bo‘lgan.

Teglar

Mavzuga oid

Kiyevda SBU polkovnigini o‘ldirilishida gumonlangan ayol va uning sherigi otib tashlandi | Vaqt.uz