add

Kiyevning muzokaralardagi murosasizligi yangi hududlaridan ayirilishiga olib keladi — Medinskiy

11.06.2025 | 16:0040833

Rossiya rasmiylari Ukraina hukumati muhokamalardagi murosasizligi tufayli yangi hududiy yo‘qotishlarga duch kelishi mumkinligini bildirmoqda. Vladimir Medinskiyning bayonotiga ko‘ra, Kiyev boshqa davlatlarning manfaatlariga xizmat qilayotgani vaziyatni yanada chigallashtirmoqda.

Kiyevning muzokaralardagi murosasizligi yangi hududlaridan ayirilishiga olib keladi — Medinskiy
Rossiya prezidentining yordamchisi Vladimir Medinskiy The Wall Street Journal nashriga bergan intervyusida Ukraina muzokaralarda murosa qila olmas ekan, bu mamlakat uchun katta hududiy yo‘qotishlarga sabab bo‘lishini aytdi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya tinchlikni xohlasa-da, agar Kiyev chet ellar manfaatini birinchi o‘ringa qo‘yaversa, buga javob qaytarishga majbur bo‘ladi. Medinskiy o‘z chiqishida Rossiya uzoq davom etuvchi urushlarda g‘alaba qozonadigan davlat ekanini ta’kidladi. U XVIII asrdagi 21 yillik Shvetsiya bilan bo‘lgan urushni misol qilib keltirdi. Musohabada u Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi ziddiyatni «aka-uka» o‘rtasidagi mojaro kabi baholab, bu ikki xalqni bir millatning bir qismi, bir til va umumiy madaniyat bilan bog‘langan, deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, muammoning asili — kim aqlliroq va muhimroq ekanini aniqlashga urinish. Medinskiy, shuningdek, 2 iyun kuni Istanbulda o‘tgan muzokaralarni eslab o‘tdi. Unda tomonlar og‘ir yaralanganlar va yosh askarlar almashinuvi, 6000 nafar ukrainalik harbiylarning jasadlarini qaytarish bo‘yicha kelishuvlarga erishganini ta’kidladi. Ammo 8 iyun kuni Kiyev vakillari tanlangan joyga kelmagani sababli, almashinuv muddati noma’lum muddatga qoldirildi. Medinskiy bu holatni Ukraina hukumati o‘z yo‘qotishlarini yashirish va qurbonlar uchun kompensatsiya berishdan qochish maqsadida qilmoqda, degan fikrni ilgari surdi.

Teglar

Mavzuga oid