add

Konservadan zaharlanish: bolalar «botulizm» qurboni bo‘lmoqda

25.06.2025 | 11:205732

O‘zbekistonda 2025 yilning besh oyi davomida ovqatdan zaharlanish bilan bog‘liq 14 ta holat qayd etildi. Ularning ko‘pchiligi uyda tayyorlangan konserva mahsulotlari bilan bog‘liq bo‘lib, 8 nafar bola «botulizm» kasalligiga chalingan.

Konservadan zaharlanish: bolalar «botulizm» qurboni bo‘lmoqda
2025 yilning yanvar–may oylari oralig‘ida O‘zbekistonda 14 ta holatda ovqatdan zaharlanish qayd etilgan. Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, zaharlanishlar natijasida 42 nafar fuqaro jabrlangan, ularning katta qismi bolalardir. Ayni paytdagi holatga eng katta sabab sifatida uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini iste’mol qilish ko‘rsatilmoqda. Ana shunday 10 ta holatda «botulizm» kasalligi qayd etilgan bo‘lib, jabrlanuvchilardan 8 nafari bolalardir. Shuningdek, 3 ta holatda ovqat toksikinfeksiyasi aniqlangan bo‘lib, 13 kishi jabrlangan (ulardan 8 nafari bolalar). Bir holatda kimyoviy zaharlanish qayd etilgan. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, har yili dunyo bo‘yicha 600 millionga yaqin inson zaharli yoki sifati past ovqat mahsulotlaridan kasallanadi. 2024 yilda O‘zbekistondagi 20 184 ta umumiy ovqatlanish muassasasining 1 512 tasida sanitariya-epidemiologiya tekshiruvlari o‘tkazilgan. Ulardan 664 tasida sanitariya va gigiyena talablari buzilgani aniqlangan.

Teglar

Mavzuga oid

Konservadan zaharlanish: bolalar «botulizm» qurboni bo‘lmoqda | Vaqt.uz