add

Ko‘p qavatli uylar boshqaruv organlari tomonidan qariyb 26 milliard so‘m talon-toroj qilindi

11.07.2025 | 10:4521322

O‘zbekistonda ko‘p qavatli uylarni boshqarish bilan shug‘ullanuvchi 83 ta tashkilot majburiy to‘lov mablag‘larini o‘zlashtirgani aniqlandi. Qariyb 26 milliard so‘mlik moliyaviy qonunbuzarlik holatlari huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi. Shuningdek, 150 dan ziyod boshqaruv organiga jarimalar qo‘llanildi.

Ko‘p qavatli uylar boshqaruv organlari tomonidan qariyb 26 milliard so‘m talon-toroj qilindi
Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayevaning ma’lum qilishicha, joriy yil boshidan buyon 417 ta boshqaruv organining faoliyati tekshirilgan. Moliyaviy tahlil natijasida 83 tasida umumiy 25,9 milliard so‘m majburiy to‘lov mablag‘lari o‘zlashtirilgani fosh bo‘lgan. Tekshiruvlar natijasida mazkur holatlar bo‘yicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga taqdim etilgan. Ayrim hollarda boshqaruv tashkilotlari o‘z mablag‘larini noqonuniy ravishda sarflab yuborgani, aholi to‘lovlari manzilga yetib bormagani aniqlangan. Bundan tashqari, 158 ta boshqaruv organiga jami 587 million so‘mlik ma’muriy jarimalar qo‘llanildi. Qolgan tashkilotlarga esa qonunbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar berildi. Ozoda Jo‘rayeva ta’kidlashicha, avvallari mansabdor shaxslar qoidabuzarlik uchun faqat bir marta javobgarlikka tortilayotgan bo‘lsa, endi har bir alohida qonunbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Ko‘p qavatli uylar boshqaruv organlari tomonidan qariyb 26 milliard so‘m talon-toroj qilindi | Vaqt.uz