
Ko‘rish qobiliyatini tiklashda yangi usul samara bermoqda
23.06.2025 | 20:3023242
Koreya ilm-fan va texnologiya instituti olimlari pigmentli retinit kabi ko‘rishning irsiy yo‘qolishiga qarshi samarali usul ishlab chiqishdi. Ular sichqonlarda olib borilgan tajribalarda shikastlangan to‘r parda hujayralarini tiklashga erishdi.

Pigmentli retinit nurga sezgir hujayralarning asta-sekin yo‘qolishi bilan kechadi va oxir-oqibat to‘liq ko‘rlikka olib kelishi mumkin. bugungi kunda ushbu kasallikni to‘liq davolovchi dori vositalari mavjud emas. Ammo olimlar qayd etishicha, tabiatdagi ba’zi jonzotlar, xususan, baliqlar, to‘r pardasini tiklay oladi, odamlar va sutemizuvchilarda esa bu imkoniyat cheklangan.
Olimlar PROX1 nomli oqsilning neyron tiklanishiga to‘sqinlik qilayotganini aniqlashdi. Shu maqsadda PROX1’ni bloklaydigan antitanacha yaratildi. Uni sichqonlarga yuborish orqali Myuller hujayralari qayta faollashdi va yangi neyronlarga aylana boshladi. Natijada sichqonlarda ko‘rish qobiliyati qisman tiklangani kuzatildi.
Tadqiqot mualliflari bu usul insonlarda ham ish berishi mumkinligini ta’kidlashmoqda. Ular 2028 yilda klinik sinovlarni boshlashni rejalashtirmoqda. Agar bu muvaffaqiyatli kechsa, minglab bemorlar uchun ko‘rishni tiklash umidi paydo bo‘ladi.





