add

Korzinka va Coca-Cola nomidan fishing sxema aniqlandi

02.09.2025 | 12:3033092

Raqobat qo‘mitasi Korzinka va Coca-Cola brendidan foydalanilgan soxta aksiyalar orqali fuqarolar aldanayotganini ma’lum qildi.

Korzinka va Coca-Cola nomidan fishing sxema aniqlandi
Ma’lumotlarga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda Korzinka tarmog‘i 29 yilligi munosabati bilan «27 ming so‘mga sovutgich sotib olish mumkin» degan xabarlar tarqatilgan. Shuningdek, «Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan Ltd.» nomi bilan «mini-sovutgich va 24 shisha ichimlik yutib olish imkoniyati» haqida postlar e’lon qilingan. Fuqarolardan maxsus havola orqali o‘tish yoki anketa to‘ldirish talab qilingan. Qo‘mita tekshiruvi natijasida Korzinka hamda Coca-Cola rasmiy saytlarida bunday aksiyalar haqida hech qanday ma’lumot yo‘qligi aniqlandi. Nazorat organi ushbu xabarlar fishing sxemasi ekanini qayd etdi. Unga ko‘ra, firibgarlar mashhur brendlar nomi orqali shaxsiy yoki moliyaviy ma’lumotlarni qo‘lga kiritishga urinishgan. Qo‘mita fuqarolarni begona havolalarga kirmaslikka, shaxsiy ma’lumotlarni begona shaxslarga bermaslikka hamda barcha rasmiy aksiyalar haqidagi ma’lumotlarni faqat ishonchli manbalardan tekshirishga chaqirdi.

Teglar

Mavzuga oid