add

Ko‘zga juda tashlanib qolishdan qo‘rqardik — Zafar Hoshimov

16.10.2025 | 12:0041114

"Korzinka" supermarketlari tarmog‘i asoschisi Zafar Hoshimov "Bloomberg" nashriga bergan intervyusida 1996-2016 yillarda "Korzinka" supermarketlari soni 18 ta bo‘lgani, 2016 yildan keyin do‘konlar soni 200 taga yetgani haqida gapirdi.

Ko‘zga juda tashlanib qolishdan qo‘rqardik — Zafar Hoshimov
"Bloomberg"da O‘zbekistondagi investitsion muhit haqida maqola chop etildi. Unda o‘zbekistonlik tadbirkor Zafar Hoshimov intervyu berib, 2016 yilgacha bo‘lgan iqtisodiy sharoit va undan keyingi muhit haqida so‘zlab berdi. Maqolada keltirilishicha, Sovet Ittifoqi parchalanganidan ko‘p o‘tmay, Zafar Hoshimov Toshkentdan Angliyaga universitetda tahsil olish uchun yo‘l oladi. U yerda yashagan vaqtlarida u tez-tez Sainsbury's supermarketiga borib turardi. Hoshimov Londondan yangi g‘oya bilan qaytib keldi. Mustaqillikning dastlabki yillari - O‘tish davrida ko‘plab tadbirkorlar singari Hoshimov ham avvaliga kompyuter yig‘ish va keyinchalik ularni tarqatish bilan shug‘ullangan, xalqaro hamkorlarni topib, o‘z tarmog‘ini yo‘lga qo‘ygan. Biroq 1996 yilda Islom Karimov xalqaro savdoga cheklovlar joriy etganida, Hoshimovning ishi og‘ir zarba oldi. Shundan so‘ng u chakana savdo sohasiga o‘tdi va "Korzinka" supermarketlar tarmog‘iga asos soldi. 1996 yildan 2016 yilgacha u boshqa kichik bizneslarini ham yuritar ekan, atigi 18 ta supermarket ochishga muvaffaq bo‘ldi, xolos. "Biznes yuritishning o‘zi xavf edi. Biz haddan tashqari o‘sishdan, juda ko‘zga tashlanib qolishdan qo‘rqardik," deydi Zafar Hoshimov "Bloomberg" ga bergan intervyusida. Mamlakat rahbariyati almashib, iqtisodiy izolyatsiya tugaganiga to‘qqiz yil bo‘ldi — shundan beri uning kompaniyasi Korzinka do‘konlar sonini 18 tadan deyarli 200 tagacha oshirdi. Yaqinda esa xorijiy investorlar tomonidan jalb qilingan 100 mln dollarlik sarmoya hisobiga mintaqadagi eng katta oziq-ovqat taqsimlash markazini ishga tushirdi. "O‘zbekiston endi baxtli joyga aylandi. Dunyoda bu darajada katta imkoniyatlar taqdim eta oladigan joylar ko‘p emas. O‘zbekistondagi xatarlarni boshqarish mumkin, mamlakatda sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni esa endi ortga qaytarib bo‘lmaydigan ko‘rinadi," degan Zafar Hoshimov.

Teglar

Mavzuga oid