add

Kreml atrofidagi elita Putindan bezdi va uning ketishini xohlayapti — WSJ

27.10.2025 | 08:5818442

Kremlda Putin atrofidagi elita ichida uning hokimiyatdan ketishini xohlovchilar ko‘paygan. Rossiya 1918 yilgi Germaniya taqdirini takrorlashi mumkinligi aytilmoqda.

Kreml atrofidagi elita Putindan bezdi va uning ketishini xohlayapti — WSJ

The Wall Street Journal tahliliga ko‘ra, Moskvadagi siyosiy muhit tobora keskinlashmoqda. Kreml atrofidagi ayrim ta’sirli shaxslar Vladimir Putinning ketishini istamoqda. Nashrning yozishicha, endi har qanday zaiflik belgisi uning siyosiy taqdiri uchun halokatli bo‘lishi mumkin.

Myunxen xavfsizlik konferensiyasining sobiq rahbari Volfgang Ishingerning ta’kidlashicha, urushni maqsadsiz tugatish shaxsan Putin uchun xavfli.

«Urushni boshlab, minglab qurbonlar bergan inson uchun taslim bo‘lish juda qiyin. U qurbon bo‘lgan askarlarning onalariga nima deyishini o‘ylab ko‘rishi kerak», — degan diplomat.

Yevropa siyosiy tahlil markazi rahbari Alina Polyakova ham Putin uchun urushdan voz kechish zaiflik sifatida qabul qilinishiga ishora qildi:

«Kremlda uning ketishini xohlovchi ko‘plab odamlar bor. Agar u zaiflik belgisi ko‘rsatsa, bu uning hukmronligi uchun tugal bo‘ladi», — deydi u WSJ nashriga.

Shu bilan birga, Kreml rasmiylari «urushni abadiy davom ettirish mumkin» deya da’vo qilsa-da, iqtisodiy vaziyat tobora og‘irlashmoqda. WSJ yozishicha, iqtisodiy yo‘qotishlar ortib, jamiyatda charchoq va beqarorlik kayfiyati kuchaymoqda. Putinning «Ukrainani har qanday baho evaziga yo‘q qilish» g‘oyasiga ko‘pchilik rossiyaliklar ishonmay qo‘ygan.

Yevroosiyo Karnegi markazi iqtisodchisi Aleksandra Prokopenkoning ta’kidlashicha, Rossiya iqtisodi faqat «eski sxemalar» hisobiga tirik.

«Muammo pul tugashida emas, balki an’anaviy usullarda urushni moliyalashtirish imkoni yo‘qolishida. Barqarorlik illyuziyasi yiqiladi», — deydi u.

Ekspertlar ehtimoliy ssenariylar sifatida pul emissiyasi, inflyatsiya o‘sishi, ijtimoiy xarajatlarni qisqartirish va majburiy safarbarlikni keltirmoqda. Bu esa ichki tanglikni yanada kuchaytiradi.

Chikago universiteti professori Konstantin Sonin Rossiyani 1918 yilda urushni boy bergan Germaniya bilan taqqosladi. «Hozircha tanazzul sodir bo‘lgani yo‘q, ammo bu kabi tizimlar oxir-oqibat yemiriladi», — dedi u.

Teglar

Mavzuga oid