add

Kreml: Toki Ukraina Donbassni topshirmas ekan, urush tugamaydi

Moskvadagi so‘nggi muzokaralar Ukrainadagi urushni yakunlash shartlari aslida ancha qattiq ekani va asosiy to‘siq hududiy masala bo‘lib qolayotganini ko‘rsatdi.

Kreml: Toki Ukraina Donbassni topshirmas ekan, urush tugamaydi

Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning ma’lum qilishicha, RF prezidenti Vladimir Putinning AQSH delegatsiyasi vakillaribilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Ukrainadagi urushni uzoq muddatli hal etish hududiy masalasiz imkonsiz ekanini ochiq aytgan.

Ya’ni, Donbass bo‘yicha qaror qabul qilinmas ekan, Putin siyosiy-diplomatik yo‘l bilan barqaror tinchlikka erishib bo‘lmasligini ta’kidlagan. Ushakovning ta’kidlashicha, Moskva muzokaralarga tayyor, ammo o‘z maqsadlaridan voz kechmoqchi emas va zarurat tug‘ilsa, urushni maydonda davom ettiradi.

«Ankorij formulasi»

Kreml Donbass masalasini «Ankorij formulasi» asosida hal etishni taklif qilmoqda. Bu formula 2025 yil avgust oyida Ankorij shahrida Putin va Donald Tramp o‘rtasida o‘tgan uchrashuvda muhokama qilingan.

O‘shanda Moskva Kiyevdan Rossiya nazoratida bo‘lmagan Donbass hududlaridan qo‘shinlarni olib chiqishni talab qilgan, ammo Ukraina bu shartni qat’iy rad etgan. Kiyev va uning yevropalik hamkorlari tomonidan qo‘llab-quvvatlagan AQSH tinchlik rejasida ham aynan hududiy masala ochiq qolmoqda.

Yangi muzokaralar

Kremldagi so‘nggi muzokaralar davomida AQSH delegatsiyasi Putinga Vashingtonning Kiyev va Yevropa bilan aloqalari haqida to‘g‘ridan to‘g‘ri ma’lumot yetkazgan. Delegatsiya tarkibida maxsus vakil Stiv Uitkoff, Trampning kuyovi Jared Kushner va boshqa AQSH rasmiylari bo‘lgan.

Tomonlar 23–24-yanvar kunlari BAA poytaxti Abu Dabida Rossiya, AQSH va Ukraina ishtirokida uch tomonlama uchrashuv o‘tkazishga kelishib olishgan.

Shu bilan birga, iqtisodiy masalalar bo‘yicha alohida guruh muzokaralar olib boradi. Unda AQSHda muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalanish va Tramp tashabbusi bilan tuzilayotgan «Tinchlik kengashi» uchun 1 mlrd dollar badal masalasi muhokama qilinadi.

Teglar

Mavzuga oid