add

Kreml urushni «urush» deb atadi

24.09.2025 | 21:0044314

2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirgan bo‘lsa-da, buni urush emas «maxsus operatsiya» deb atab, «urush» deb yozgan jurnalistlar, fuqarolar va OAVlarni jazolagan edi.

Kreml urushni «urush» deb atadi
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov RBK radiosiga bergan intervyusida mamlakat atrofidagi vaziyatni ochiqdan-ochiq «ursh» deb atadi. Unga ko‘ra, hozir urushning eng keskin bosqichi ketmoqda va Rossiya «bolalar, nabiralar va kelajak uchun» unda g‘olib chiqishi kerak. «Urush davom etmoqda. SVO — bu alohida masala, ammo atrofimizda sodir bo‘layotgan voqealar esa chinakam urushdir», - deya ta’kidladi Dmitriy Peskov. Ukraina bilan muzokaralar istiqboli haqida so‘z yuritarkan, Peskov Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiyning tayyorgarliksiz uchrashuvi «muvaffaqiyatsiz PR-aksiya» bo‘lib qolishini ta’kidladi. U Kiyev muzokaralar uchun Avstriya va Shveysariyani maydon sifatida taklif etganini, ammo Moskva bu mamlakatlarni betaraf deb hisoblamasligini eslatib o‘tdi. Kreml rasmiysi Rossiya iqtisodiyoti ko‘p jihatdan front ehtiyojlariga moslashganini, barcha ijtimoiy majburiyatlar bajarilayotgani va byudjet muvozanatga keltirilganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, Peskov sanksiyalar tufayli kuchaygan muammolar mavjudligini tan oldi, biroq Rossiya Federatsiyasi «makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab qolayotganini» ta’kidladi. Uning aytishicha, Moskva energiya resurslarini sharq mamlakatlari bozorlariga muvaffaqiyatli yo‘naltirayotgan bir paytda, Yevropa Rossiya uchun «imtiyozli bozor» bo‘lishdan to‘xtamoqda. Peskov, shuningdek, Rossiya Yevropa xavfsizligining ajralmas qismi bo‘lib qolayotganini ta’kidlab, «Yevropa xavfsizligini Rossiya xavfsizligiga zarar yetkazgan holda hal qilib bo‘lmaydi», deb qo‘shimcha qildi. 2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirgan bo‘lsa-da, buni urush emas «maxsus operatsiya» deb atab, «urush» deb yozgan jurnalistlar, fuqarolar va OAVlarni jazolagan edi.

Teglar

Mavzuga oid