
Kriptovalutalar Tramp oilasi boyligini 6,8 mlrd dollarga yetkazdi
«Bloomberg» nashri hisob-kitoblariga ko‘ra, kriptobiznes bir yilda AQSH prezidenti oilasiga 1,4 mlrd dollar daromad keltirgan.

So‘nggi bir yil ichida AQSH prezidenti Donald Tramp oilasi kriptovalutalar orqali taxminan 1,4 mlrd dollar daromad oldi. Natijada, oilaning umumiy boyligi 6,8 mlrd dollarga yetgan, deb xabar bermoqda «Bloomberg» nashri.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, kriptoloyihalar Tramplar biznesida qurol ishlab chiqarish, nodir metallar, sun’iy intellekt va prognoz platformalari kabi yo‘nalishlar qatorida asosiy daromad manbaiga aylangan.
Jurnalistlarning ta’kidlashicha, aynan kriptovalyutalar boylik o‘sishining eng kuchli drayveri bo‘lgan. Oila tokenlar, shuningdek, ommaviy va xususiy kompaniyalardagi ulushlar orqali daromad olib kelmoqda.
Tramp oilasining loyihalari
Daromad keltirayotgan asosiy uchta kriptoloyiha quyidagilar: «World Liberty Financial» — Tramp va uning o‘g‘illari tomonidan tashkil etilgan kriptoplatforma bo‘lib, tokenlar sotuvidan 390 mln dollar atrofida mablag‘ tushgan. Avgust oyida esa «Alt5 Sigma» bilan tuzilgan bitim orqali qo‘shimcha 500 mln dollarдан ortiq daromad olingan.
Ikkinchi loyiha — inauguratsiya kuni ishga tushirilgan memkoin OFFICIAL TRUMP. Oilaga tegishli ulush va bog‘liq tushumlar qiymati 280 mln dollar deb baholangan. Uchinchi yo‘nalish — «American Bitcoin» mayning biznesi bo‘lib, u «Hut» 8 bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Erik Trampga tegishli ulush aksiyalar eng yuqori nuqtadan 82 foizga pasayganiga qaramasdan, 114 mln dollarга baholanadi,.
Oila daromadlari
Shu bilan birga, kriptodan kelgan o‘sish «Trump Media & Technology Group» aksiyalari qiymatining so‘nggi 12 oyda 66 foizga pasayishi bilan qisman neytrallashgan. Kompaniya moliya, kripto va hatto termoyadro energetikasiga chiqish orqali biznesni diversifikatsiya qilishga urinmoqda.
«Bloomberg» hisobotida aytilishicha, oila qiymati 3,8 mlrd dollar atrofida baholanadigan o‘z tokenlariga ham ega, ammo ular hozircha bloklangani sababli hisob-kitobga kiritilmagan. Shuningdek, USD1 steyblkoinidan kelayotgan biznes qiymati 300 mln dollardan ortiq bo‘lishi mumkin.
Kriptovalyutalardan tashqari, daromad manbalari orasida ko‘chmas mulk va «1789 Capital» venchur fondi bor. Fond 2026 yil boshiga kelib 2 mlrd dollar sarmoya jalb etgan va 800 mln dollardan ortiq mablag‘ni startaplarga yo‘naltirgan.





