add

Krishtianu Ronaldu hayotidagi eng qimmat xaridi — fotolar

Bugun 14:059061

Portugaliya terma jamoasi va Saudiyaning «An-Nasr» klubi yulduzi Krishtianu Ronaldu o‘zining hayotidagi eng qimmat sotib olishini aytib berdi — u bu xaridni 13 yil avval amalga oshirgan.

Krishtianu Ronaldu hayotidagi eng qimmat xaridi — fotolar

Portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu Pirs Morgan bilan suhbatida hayotidagi eng qimmat xaridi xususiy samolyot bo‘lganini ma’lum qildi.

«Men ilk samolyotimni 13 yil avval sotib olganman. Bir yil avval uni yangisiga almashtirdim. Ha, bu ancha qimmat turadi. Menda Global Express modeli bor», — dedi Ronaldu.

cr7 jet 03

cr7 jet 02

cr7 jet 06

Ispaniyaning Marca nashrining yozishicha, Ronaldu o‘shanda Gulfstream G200 samolyotini xarid qilish uchun 20 mln yevro to‘lagan. Keyinchalik futbolchi Bombardier Global Express 6500 modelini xarid qilgan, uning bahosi taxminan 50 mln yevroni tashkil etgan.

cr7 jet 07

cr7 jet 04

cr7 jet 05

Boshqa manbalarga ko‘ra, Ronalduning yangi samolyotining ichi lyuks darajada jihozlangan — unda 13 ta o‘rindiq, Wi-Fi, yorug‘likni boshqarish tizimi va mini-oshxona mavjud.

2025 yil oktyabrida 40 yoshli Ronaldu Bloomberg milliarderlar indeksida birinchi marta milliard dollarlik aktivga ega bo‘lgan futbolchi sifatida qayd etilgan. Hozir uning boyligi taxminan 1,4 mlrd dollarga yetgan.

Ronaldu besh karra «Oltin to‘p» sohibi, besh marta Chempionlar ligasi g‘olibi va rasmiy o‘yinlarda tarixdagi eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatida tanilgan. Uning moliyaviy va sport yutuqlari uni zamonaviy futbolning eng muvaffaqiyatli shaxslaridan biriga aylantirgan.

Teglar

Mavzuga oid

Krishtianu Ronaldu hayotidagi eng qimmat xaridi — fotolar | Vaqt.uz