add

Kuzdagi kengashga tayyorgarlik: Mirziyoyev va Putin bir necha masalalarni muhokama qildi

08.07.2025 | 19:0017432

8 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.

Kuzdagi kengashga tayyorgarlik: Mirziyoyev va Putin bir necha masalalarni muhokama qildi
Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilingan. Oliy darajada, eng avvalo, savdo-iqtisodiy sohada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratilgan. «Tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlarini oshirish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasi loyihalarini ilgari surish, hududlar darajasidagi samarali aloqalarni, faol madaniy-gumanitar va ta’lim almashinuvini kengaytirish maqsadida o‘zaro muvofiqlashgan ishlar va amaliy idoralararo hamkorlikni davom ettirish muhimligi qayd etildi», deyiladi xabarda. Shu ma’noda, joriy yilning kuzida o‘tkazilishi rejalashtirilgan O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashining ikkinchi yig‘ilishiga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uning natijadorligini ta’minlash zarurligi ta’kidlangan. Prezidentlar xalqaro kun tartibi yuzasidan ham fikr almashgan, bo‘lajak tadbirlar rejasini ko‘rib chiqqan.

Teglar

Mavzuga oid