add

Lamin Yamal 17 yoshida dunyodagi eng qimmat futbolchisiga aylandi

09.06.2025 | 22:5013382

«Barselona» va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamal 17 yoshida dunyodagi eng qimmat futbolchi deb tan olindi. Bu haqda Transfermarkt portali ma’lum qildi.

Lamin Yamal 17 yoshida dunyodagi eng qimmat futbolchisiga aylandi
Yamalning transfer qiymati 180 mln yevrodan 200 mln yevrogacha oshirildi. Bu bilan u avvalgi yetakchi — «Real»ning braziliyalik yulduzi Vinisius Juniorni ortda qoldirdi. Vinisiusning qiymati esa 30 mln yevroga kamayib, 170 mln yevroga tushdi. Transfermarkt reytingining ikkinchi o‘rnida uch nafar futbolchi joy olgan: «Real» forvardi Kilian Mbappe, uning jamoadoshi Jud Bellinghem va «Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand — har biri 180 mln yevroga baholangan. Yamal may oyida «Barselona» bilan 2031 yilgacha shartnoma uzaytirgan edi. 3 iyun kuni u Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES Football Observatory) tomonidan ham dunyodagi eng qimmat futbolchi, deb tan olindi. Uning iqtisodiy algoritm asosida baholangan transfer qiymati 402,3 mln yevroga yetdi. Yamal Yevro-2024ning eng yaxshi yosh futbolchisi va chempion unvonini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u Yevropadagi eng yaxshi yosh futbolchiga beriladigan Golden Boy mukofotini ham yutgan. Joriy mavsumda esa u «Barselona» bilan birga Ispaniya chempionligi va Kubogini qo‘lga kiritgan.

Teglar

Mavzuga oid