add

Larri Peyj boylikda Jeff Bezosni ortda qoldirdi: Ilon Mask hamon peshqadam

Kecha 08:188391 Daqiqa

Alphabet aksiyalari keskin oshgani ortidan Larri Peyj uchinchi o‘ringa chiqdi. Forbes reytingida u Amazon asochisi Jeff Bezosni ortda qoldirdi. Mask hamon dunyoning eng boy insoni.

Larri Peyj boylikda Jeff Bezosni ortda qoldirdi: Ilon Mask hamon peshqadam

Google hamda Alphabet kompaniyalarining hammuassisi Larri Peyj moliyaviy jihatdan yana bir qadam oldinga o‘tdi. Forbes’ning Real-Time reytingiga ko‘ra, u Jeff Bezosni ortda qoldirib, dunyodagi eng boy uchinchi insonga aylandi. Uning boyligi 2025 yil 19-noyabr kuni bir kunda 6,4 mlrd dollarga ko‘paydi.

Bu o‘sish Alphabet aksiyalarining 6,7 foizga ko‘tarilishi fonida yuz berdi. Bir dona aksiya narxi 304,25 dollarga yetib, sentabrdan beri eng yuqori kunlik o‘sishni ko‘rsatdi. Bu esa kompaniyaning sun’iy intellekt sohasidagi Gemini 3.0 modeli taqdimoti bilan bog‘liq, deb yozadi Bloomberg.

Alphabet kompaniyasi joriy yil oktabridagi hisobotida ilk bor choraklik daromadi $100 mlrd dan oshganini ma’lum qilgan edi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 16% ko‘p. Shuningdek, Google Cloud bo‘limidagi sotuvlar 34% ga oshib, $15,2 mlrd ni tashkil etdi.

Peyjning Alphabet’dagi 3,2 foizlik ulushi unga ushbu boylikni ta’minlamoqda. Uning hamkasbi va Google’ning ikkinchi hammuassisi Sergey Bringa ham 2,9 foiz aksiyasi hisobiga 5,9 mlrd dollar boylik qo‘shdi va beshinchi o‘rinni egalladi.

Jahonning eng boy insonlari reytingida Ilon Mask hali ham peshqadam — uning boyligi 467,7 mlrd dollar. Undan keyin Larri Ellison (277,8 mlrd) va Larri Peyj ($239,2 mlrd) joy olgan. Bezos esa 235,3 mlrd dollar bilan to‘rtinchi o‘ringa tushdi.

Teglar

Mavzuga oid

Larri Peyj boylikda Jeff Bezosni ortda qoldirdi: Ilon Mask hamon peshqadam | Vaqt.uz