add

Lavrov Rossiya tomonidan egalangan Ukraina hududlari xalqaro miqyosda tan olinishini talab qildi

03.09.2025 | 14:0031604

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov xalqaro hamjamiyatdan Ukraina hududlarining anneksiya qilingan hududlarini rasman tan olishni talab qilib chiqdi.

Lavrov Rossiya tomonidan egalangan Ukraina hududlari xalqaro miqyosda tan olinishini talab qildi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov xalqaro miqyosda Moskva tomonidan anneksiya qilingan ukrain hududlarini rasman tan olish zarurligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qrim, Sevastopol, Donetsk va Luhansk «xalq respublikalari», shuningdek, Zaporijjya va Xerson oblastlari Rossiya tarkibiga qo‘shilgan va buni «xalqaro-huquqiy asosda» tan olish kerak. Bu haqda Lavrov Indoneziyaning Kompas gazetasiga bergan intervyusida ta’kidlab o‘tgan. Uning ta’kidlashicha (https://tass.ru/politika/24940231), bunday tan olish «mustahkam tinchlikka» olib keladi va tinchlik kelishuvi bunga asoslanishi lozim. Uning bayonoti Ukrainadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha Moskva tomonidan qo‘yilayotgan asosiy shartlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Lavrov shuningdek, mojaro sabablarini yo‘q qilishga chaqirdi. Uning fikricha, NATO kengayishi va Ukrainani alyansga tortish harakatlari Rossiya xavfsizligiga tahdid solmoqda. Shu bois, Rossiya va Ukraina uchun yangi xavfsizlik kafolatlari tizimi shakllantirilishi va bu butun Yevroosiyo miqyosida «teng va bo‘linmas xavfsizlik arxitekturasi» qismi bo‘lishi kerak. Rossiya tashqi ishlar vaziri Kiyevni rus tili va rus madaniyatiga nisbatan qatag‘onlar o‘tkazayotganlikda aybladi. U Ukrainada rus tili qonunan taqiqlangan yagona mamlakat ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tinchlik kelishuvida Ukraina neytral, harbiy bloklarga qo‘shilmagan va yadroviy qurolga ega bo‘lmagan davlat sifatida kafolat berishi lozim. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy esa anneksiya qilingan hududlar masalasi faqat Vladimir Putin bilan yuzma-yuz muhokama qilinishi mumkinligini aytgan. Kiyev bu hududlarni hech qachon yuridik jihatdan Rossiyaniki deb tan olmasligini qayd etgan. Shu bilan birga, Reuters manbalarining yozishicha, Putin ayrim hududlardan vaqtincha chekinishga tayyor ekani haqida signal bergan.

Teglar

Mavzuga oid