
Lavrov Zelenskiyning maqomi va Rossiyaning maqsadlari haqida gapirdi
25.08.2025 | 08:2010823
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov NBC telekanaliga bergan intervyusida Zelenskiyning maqomi, Ukraina hududlari va Moskva maqsadlari haqida keskin bayonotlar bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Volodimir Zelenskiy hozirda yuridik jihatdan legitim shaxs emas va Ukraina mojarosi bo‘yicha hech qanday hujjatga imzo qo‘ya olmaydi.
«Biz uni de-fakto rejim rahbari deb tan olamiz. U bilan shu maqomida uchrashishga tayyormiz. Ish yuridik hujjatlarni imzolashga yetib borganida imzo qo‘yadigan shaxs legitim bo‘lishi kerakligini hamma tushunishi kerak. Ukraina konstitutsiyasiga ko‘ra, hozirda Volodimir Zelenskiy legitim emas» — dedi Lavrov .
Lavrovning fikricha, Rossiyaning asosiy maqsadi xavfsizlikni ta’minlash hamda Ukraina hududidan Rossiyaga tahdid keltirmaslikdir. Shuningdek, u rus tilida so‘zlashuvchilar va o‘zini rus madaniyatiga tegishli deb biladiganlar huquqlarini himoya qilishni Moskva uchun muhim vazifa sifatida ko‘rsatdi.
«Rossiyaning hududlarga qiziqishi yo‘q, Moskvani Donbass va Novorossiyada yashayotgan odamlarning taqdiri qiziqtiradi. Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha Rossiya manfaatlari hisobga olinadigan yakdil kelishuv bo‘lishi kerak. Moskva bunda 2022 yildagi Istanbul muzokaralarida erishilgan kelishuvlarga asoslanish kerak deb hisoblaydi. Rossiya kollektiv xavfsizlik masalasi uning ishtirokisiz hal etilishiga rozi bo‘lmaydi” — deydi intervyuda.
Shuningdek, u Budapesht memorandumi Ukrainaga hech qachon yadro quroli bilan hujum qilmaslik kafolatinigina berganini ta’kidladi. Zelenskiy esa 2022 yil yanvarda yadrodan voz kechishni xato deb atagan va qaytadan yadro quroliga ega bo‘lish haqida so‘z ochgani ham yodga solindi.
Lavrov Yevropa davlatlari harakatlarini tanqid qilib, ularning tinchlikka intilayotganiga ishonmasligini bildirdi.





