add

«Liverpul»ning portugaliyalik futbolchisi Diogu Jota avtohalokatda halok bo‘ldi

03.07.2025 | 14:5941783

Portugaliya terma jamoasi a’zosi va «Liverpul» hujumchisi Diogu Jota bugun, 3 iyul kuni avtohalokat oqibatida vafot etdi. 28 yoshli futbolchi joriy yilda Angliya chempionligi va Millatlar Ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgandi.

«Liverpul»ning portugaliyalik futbolchisi Diogu Jota avtohalokatda halok bo‘ldi
Marca nashrining yozishicha, Jota Ispaniyaning Samora provinsiyasidagi Palasios-de-Sanabriya hududida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasida halok bo‘lgan. U 26 yoshli akasi Andre bilan birga mashinada ketayotgan paytda avtomashina yo‘ldan chiqib ketgan va yongan. Hodisa oqibatida har ikkisi ham halok bo‘lgan. 22 iyun kuni Diogu Jota oila qurgan edi. Jota 2020 yildan buyon «Liverpul» safida to‘p surib kelayotgandi. U jamoa bilan birga Angliya Premiyer-ligasida g‘olib chiqdi, shuningdek, mamlakat kubogi va Liga kubogini ikki marta qo‘lga kiritdi. Undan avval Jota «Vulverxempton», «Atletiko Madrid», «Portu»va «Pasos de Ferreyra» klublarida ham o‘ynagan. Portugaliya terma jamoasi safida Jota Millatlar Ligasida ikki bor chempionlikni qo‘lga kiritgan. Uning terma jamoa safidagi o‘yinlari muxlislar tomonidan yuqori baholangandi. Jota hayotidagi so‘nggi oylardagi muvaffaqiyatlar – yangi oila, chempionlik va xalqaro g‘alabalar – uning yorqin sport yo‘lini yanada e’tiborli qilgan edi. Uning ketishi futbol dunyosi uchun katta yo‘qotish bo‘ldi.

Teglar

Mavzuga oid

«Liverpul»ning portugaliyalik futbolchisi Diogu Jota avtohalokatda halok bo‘ldi | Vaqt.uz