add

Lo‘lilar qiroli jangga qaytmoqda

05.07.2025 | 10:3033062

Jahon boks arenasini tark etgani haqida e’lon qilgan mashhur sportchi yana qaytish arafasida. Uning kelgusi jang joyi, vaqti haqida dastlabki ishoralar allaqachon ommaga yetkazildi.

Lo‘lilar qiroli jangga qaytmoqda
Saudiya Arabistoni ko‘ngilochar tadbirlar boshqarmasi raisi Turki Al ash-Shayx britaniyalik mashhur bokschi Tayson Fyurining professional ringga qaytishi haqida ma’lumot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Fyuri 2026 yilda Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda jang o‘tkazish niyatida. «Lo‘lilar qiroli qaytmoqda! Men Tayson bilan gaplashdim va u 2026 yili Ar-Riyodda jang qilishga va’da berdi. Biz kutishga arziydigan voqea oldidan turibmiz», - deb yozgan Turki Al ash-Shayx ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. Ma’lumot uchun, 2024 yil yanvar oyida Tayson Fyuri rasman faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi. U oxirgi jangini 2023 yil 22 dekabr kuni ukrainalik charm qo‘lqop ustasi Aleksandr Usikka qarshi o‘tkazib, navbatdagi mag‘lubiyatini qabul qilgan. Bu Fyuri uchun ikkinchi ketma-ket mag‘lubiyat hisoblanadi.

Teglar

Mavzuga oid