add

Los Anjelesdagi tartibsizliklar: Tramp namoyishchilar ustiga Milliy gvardiyani tashlamoqda

09.06.2025 | 15:35299915

AQSHning Los Anjeles shahrida tartibsizliklarni bartaraf etish uchun Milliy gvardiyaning ilk qo‘shinlari yetib keldi. Donald Tramp ma’muriyati avvalroq namoyishlar bilan bog‘liq to‘qnashuvlar tufayli 2000 nafar Milliy gvardiya xizmatchisini jalb qilishini e’lon qilgan edi. Pentagon rahbari armiyadan foydalanish ehtimolini istisno qilmadi.

Los Anjelesdagi tartibsizliklar: Tramp namoyishchilar ustiga Milliy gvardiyani tashlamoqda
Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom va mamlakatdagi ikkinchi yirik shahar — Los-Anjeles meri Oq uyni fitna va qo‘rquv urug‘ini sochishga urinishda ayblamoqda, deb yozadi BBC. AQSH mudofaa vaziri Pit Hegsett «agar zo‘ravonlik davom etsa» Pentagon Los Anjelesga armiya bo‘linmalarini yuborishga tayyor ekanidan ogohlantirdi. Uning aytishicha, qo‘shni Kemp-Pendltondagi dengiz piyoda askarlari «yuqori darajada shay holati»da tayyor turibdi, deb xabar beradi Reuters. Shanba kuni AQSHning Immigratsiya va bojxona politsiyasi (ICE) federal agentlari Paramaunt tumanida namoyishchilar bilan to‘qnashdi. Bu joy Los Anjelesning janubiy-sharqida joylashgan bo‘lib, ba’zi namoyishchilar Meksika bayroqlarini ko‘tarib chiqqan edi. Los Anjeles markazidagi yana bir namoyishda shanba kechasi taxminan 60 kishi «ICE, Los-Anjelesdan yo‘qol!» degan shiorlarni baqirgancha yig‘ilishdi. Paramaunt aholisining 80 foizidan ortig‘ini lotin amerikaliklar tashkil qiladi. Ommaviy tartibsizliklarni tarqatishda ko‘z yosh oqizuvchi gazlar va yorug‘lik-tovush granatalaridan foydalanildi. Oq uy Tramp «Qonun va tartibni tiklash uchun aralashdi», chunki Gevin Nyusom tomonidan samarali boshqaruv olib borilmagan, deb bayonot berdi. «Nyusomning Los Anjelesda Tramp aralashguncha hech qanday muammo bo‘lmagan, degan gapi ochiq yolg‘on. Hammasi tartibsizlik, zo‘ravonlik va qonunsizlikni ko‘rdi — agar, albatta, Gevin Nyusom bunday holatlarni muammo deb hisoblamayotgan bo‘lsa», — deyiladi Oq uy bayonotida. Tramp esa «bundan avval buyuk bo‘lgan Amerika shahri» noqonuniy migrantlar tomonidan egallab olinganini aytdi. «Hozirda shafqatsiz, isyonkor to‘dalar federal agentlarimizga hujum qilmoqda, deportatsiya amaliyotlariga to‘sqinlik qilmoqda, ammo bu noqonuniy tartibsizliklar bizning qat’iyatimizni yanada mustahkamlaydi», — deb yozdi AQSH prezidenti. U ichki xavfsizlik va mudofaa vazirlari, hamda bosh prokuror Pem Bondiga «Los Anjelesni migrantlar bosqinidan ozod etish va tartibsizliklarga barham berish uchun barcha zarur choralarni ko‘rish» buyrug‘ini berganini bildirdi. «Tartib tiklanadi, noqonuniy migrantlar chiqarib yuboriladi va Los Anjeles ozod etiladi», — dedi Tramp. Tramp avvalroq namoyishlarni, ya’ni immigratsiya qonunlarining bajarilishiga to‘sqinlik qilishni «AQSH hukumatiga qarshi isyon shakli» deb atagan va Milliy gvardiya qo‘shinlarini joylashtirish to‘g‘risidagi memorandumni imzolagan edi. Bu memorandum «ildiz otgan qonunsizlikni bartaraf etish» maqsadida qabul qilingani aytildi. Los-Анджелес Umumiy va federal qonunlar to‘plami bo‘lgan AQSH Qonunlar kodeksi 10-bo‘limiga ko‘ra, prezident Milliy gvardiyani federallashtirish, ya’ni shtatlarning harbiy kuchlarini markaziy boshqaruvga olib, hukumatga qarshi «isyon yoki isyon xavfi» holatlarida jangovar shay holatga keltirish huquqiga ega. Tramp shu huquqidan foydalanib, Los Anjelesga 2000 nafar Milliy gvardiya harbiysini yubordi. Oq uy bayonotiga ko‘ra, Milliy gvardiya xizmatchilari «ICE va boshqa federal agentliklarning xodimlarini vaqtincha himoya qiladi». Bayonotda aytilishicha, ular 60 kunga joylashtiriladi, yakuniy qaror esa AQSH mudofaa vaziri ixtiyorida ekani qayd etilgan. Столкновения в Los-Анджелесе Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom bu qarorni «qasddan fitnachi harakat» deb atadi. U X ijtimoiy tarmog‘ida Tramp Milliy gvardiyani «huquq-tartibot organlari yetishmagani uchun emas, balki shou kerakligi uchun joylashtirmoqda», deb yozdi. «Ularga shou yaratib bermang. Hech qachon zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymang. Tinch yo‘l bilan fikringizni bildiring», — deya murojaat qildi u namoyishchilarga. Gubernator Milliy gvardiyaning ishtirokini «tanglikni yanada kuchaytiradi» deb hisoblaydi. Nyusom Reuters agentligiga bergan bayonotida Pentagon rahbarining armiyadan foydalanish ehtimoli haqidagi bayonotini «normal bo‘lmagan xatti-harakat» deb atadi. Unga ko‘ra, «AQSH hududida o‘z fuqarolariga qarshi dengiz piyoda askarlarini yuborish tahdidi qilish mumkin emas». Tramp Truth Social sahifasida «agar Kaliforniya gubernatori va Los Anjeles meri Karen Bass o‘z vazifalarini uddalay olmasalar, «federal hukumat aralashadi va BETARTIBLIKLAR VA TALON-TOROJLAR bilan kerakli tarzda shug‘ullanadi!!!» deb yozdi. (Imlo asl holda saqlangan). AQSH prezidenti Milliy gvardiyani ma’lum maqsadlarda, jumladan, «isyonlarni bartaraf etish» uchun yuborish vakolatiga ega. Los Anjeles meri esa avvalroq ICE agentligini mamlakatning ikkinchi yirik shahrida qo‘rquv urug‘ini sochishga urinishda ayblagan. Aholini ro‘yxatdan olish ma’lumotlariga ko‘ra, Los Anjeles aholisining katta qismi ispan tilida gaplashadi va chet elda tug‘ilgan. Tramp esa noqonuniy migrantlarga qarshi kurashni o‘zining ikkinchi prezidentlik muddatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylantirgan. «Chet el bayroqlari bilan isyonchilar immigratsiya xizmati xodimlariga hujum qilmoqda, Amerika siyosiy rahbariyatining yarmi esa chegara nazoratini yomonlik deb hisoblayapti», — deb xitob qildi Trampning tanqidchilariga qarata AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens X ijtimoiy tarmog‘ida. Oq uyning yuqori darajali yordamchisi, immigratsiya masalalarida qattiqqo‘llik tarafdori Stiven Miller esa namoyishlarni «zo‘ravon isyonchilar» deb baholadi. Reuters manbalariga ko‘ra, AQSH hukumat hanuzgacha harbiy kuchlar orqali isyonlarni bartaraf etish to‘g‘risidagi 1807 yilgi qonundan foydalanmagan. Bu qonun prezidentga AQSH armiyasidan tartib saqlash va betartibliklarni bartaraf etish uchun foydalanish huquqini beradi. U oxirgi marta 1992 yilda Los Anjelesdagi tartibsizliklar davomida, Kaliforniya gubernatori so‘rovi bilan qisman qo‘llangan.   Qo‘lga olish va hibsga olishlar Los Anjeles okrugi sherif departamenti (LASD) BBCʼga xabar berishicha, namoyishlardan so‘ng bir kishi qo‘lga olingan, yana bir nechta odam hibsga olingan. Departament ushbu qo‘lga olish qaysi ayblov bilan bog‘liq ekanini aniqlamadi, ammo juma kungi betartibliklar vaqtida fayerlar otilishi va shisha idishlar otilishi kabi zo‘ravonlik holatlari qayd etilganini bildirdi. Горящий автомобиль LASD ma’lumotiga ko‘ra, ikki nafar sherif yordamchisi tan jarohati olgan va kasalxonaga yotqizilgan, ularning hayotiga xavf yo‘q va ular tez orada sog‘lom holda chiqarilgan. BBCʼga berilgan bayonotda Hyundai avtomobili yonib ketgani va mahalliy savdo markazida chiqqan yong‘in tezda o‘chirilgani aytilgan. Los Anjeles politsiya boshqarmasi avvalroq shahar markazida tarqalish buyrug‘iga bo‘ysunmagan «bir necha kishi» ushlanganini va ular hibsga olinganini ma’lum qilgan.   ICE qanday tashkilot o‘zi? AQSH Immigratsiya va bojxona politsiyasi (ICE) — bu federal agentlik bo‘lib, mamlakatda noqonuniy ravishda bo‘lib turgan shaxslarni aniqlaydi, qo‘lga oladi va deportatsiya qiladi. Tramp yanvarda ikkinchi prezidentlik muddatini boshlaganidan beri noqonuniy migrantlarni ommaviy deportatsiya qilishga va’da bergan, shu sabab ICE agentlari tomonidan qo‘lga olishlar soni ortib bormoqda. CBS telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, Trampning ikkinchi muddati davomida ICE agentlari tomonidan amalga oshirilgan qo‘lga olishlar soni 100 mingtadan oshib ketgan. Oq uy matbuot relizida shunday deyiladi: «So‘nggi kunlarda Los-Anjeles (Kaliforniya)dagi deportatsiya amaliyotlarini o‘tkazayotgan ICE xodimlari va federal huquq-tartibot organlari agentlariga hujum qilgan tajovuzkor to‘dalar kuzatilmoqda». Shanba kuni Trampning «chegara ishlari bo‘yicha rahbari» Tom Homan ICE amaliyotlarini nazorat qilish uchun Los Anjelesga yetib borib, «zo‘ravonlik yoki xususiy mulkka shikast yetkazish holatlariga mutlaqo toqat qilinmaydi», deb bayonot berdi.

Teglar

Mavzuga oid