add

Lukashenko vorislikka «kuchli erkak» qidirmoqda

18.09.2025 | 09:3041333

Unga ko‘ra, ayollarni hozirgi kunda qizigan tovaga tashlash mumkin emas.

Lukashenko vorislikka «kuchli erkak» qidirmoqda
Belarusning bo‘lajak prezidenti «porox hidlagan» «kuchli erkak» bo‘lishi kerak. Bu haqda amaldagi prezident Aleksandr Lukashenko Xalq birligi kuniga bag‘ishlangan uchrashuvida so‘z ochdi. «Men ham jamiyatda kelajakdagi prezidentlarni qidiryapman va ko‘rishni istayman. Ammo ko‘plab shaxslarni ko‘rib chiqib, bu vazifani eplayolmasliklarini tushunib yetyapman. Agar tug‘ma qobiliyat bo‘lmasa, yangi odam prezidentlik lavozimiga yetishib olishi uchun vaqt kerak. Agar tabiatdan senga prezidentlik iste’dodi berilmagan bo‘lsa - Belarus ishlariga aralashma»,- deya ta’kidladi u. Uning so‘zlariga ko‘ra, Belarus atrofidagi vaziyat juda murakkab bo‘lib qolmoqda va bunday sharoitda mamlakatni «poroxning hidlagan kuchli erkak» boshqarishi kerak. «Bu mening nuqtai nazarim. Ayollarni cheksiz hurmat qiladigan insonning fikri. Ayol - tabiat yaratgan namuna. Shunday bo‘lsa-da, hozirgi kunda uni bu qizigan tovaga tashlash mumkin emas deb o‘ylayman», - deya izoh berdi Belarus rahbari. E’tiborli jihati shundaki, iyul oyida Lukashenko Time nashriga bergan intervyusida o‘g‘li Nikolayni prezidentlik lavozimidagi vorisi deb hisoblamaslikni so‘ragandi. Shuningdek, Belarus rahbari navbatdagi prezident hozirgidan farqli siyosat yuritishi mumkinligini tan olgan. Lukashenko mamlakatni 1994 yildan beri boshqarib kelmoqda. U yetti marta prezident etib saylangan: 1994, 2001, 2006, 2010, 2015, 2020 va 2025 yillarda. Belarus prezidenti besh yil muddatga saylanadi. Navbatdagi prezidentlik saylovi 2030 yilga mo‘ljallangan.

Teglar

Mavzuga oid

Lukashenko vorislikka «kuchli erkak» qidirmoqda | Vaqt.uz